Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir

Donoga yondoshgil, qoch nodondan san, Hatto u xavflidir dono dushmandan.

Insondagi sir saqlay bilish xislati oshkor qilish xavfi tug‘ilganda uni ushlab tura biluvchi kuchdir.

Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidur, Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidur. Yaxshi kishi ko‘rmag‘ay yomonlig‘ hargiz, Har kimki yamon bo‘lsa, jazo topqusidur.

Bilmaganni so'rab o'rgangan olim, orlanib so'ramagan o'ziga zolim

Boshqalardan afzal bo‘lishni emas, avvalgi holingdan afzalroq bo‘lishni xohla! Aqllar boshqalar bilan mashg‘ul bo‘lganda kichrayib, o‘z sohibi bilan mashg‘ul bo‘lganda kattalashadi.

Biznesda buyuk narsalar hech qachon bir kishi tomonidan qilinmaydi, balki, jamoa bilan qilinadi.

Sabr – insonni maqsadiga eng tez olib boradigan yo‘l ko‘rsatuvchidir.

Kimki, yolg’on so’zni birovga to’nkagay, o’z qora yuzini yog’ga bulaydi. Ozgina yolg’on ham ulug’ gunohdir; ozgina zahar ham halok qiluvchidir.

Agar temir ishlatilmasa, zanglaydi. Agar suv harakatlanib turmasa, ayniydi. Agar kishi fikrlamasa, aqlda ham shunday holat yuz beradi.

Nima uchun ko‘cha harakati qoidasini buzgan kishiga militsiya hushtak chaladi-yu, butun bir tilni buzayotgan odamlarga hech kim hushtak chalmaydi.

So‘zning yomoni amal qilinmay bekor ketganidir.

Adab kichik yoshlig‘larni ulug‘lar duosig‘a sazovor etar.

Garchand uzoq umr ko’rgan bo’lsalar-da, ko’p odamlar g’o’r va tajribasizdir.

“Mana Buyuklar” kanali