Jahl ahli bilan kimki ulfat bo‘lg‘ay, Ul ulfat ichra yuz ming kulfat bo‘lg‘ay.

Барча лаззатни тотдим, офиятдан чучукроқ шарбат топмадим.

Zahmat bila topqoningni o‘zingdin ayama va mehnat bila yiqqaningni do‘stlar bilan dushmanlar uchun asrama.

Tabiatga har neki odat bo‘lur, Chu eskirdi, odat tabiat bo‘lur.

Бебок ҳамдамлиққа ярамас, нопок маҳрамлиққа ярамас.

Ҳар кимки сўзи ёлғон, ёлғони зоҳир булғоч уёлғон.

Кулар юз ила ато-сахо устиға сахо.

Bir diram olmoq chekibon dast ranj, Yaxshiroq ondinki birov bersa ganj.

Асра ўзунгни биров озоридин, Кимсага озурдалиқ изҳоридин.

Десангки, васл топай, ҳажр ўтиға ёқилакўр.

Kishida barcha axloqi hamida, Chu jam’ o‘ldi qo‘yarlar otin ehson. Biri ondin saxodur, biri muruvvat, bo‘lar gar yo‘qtur, inson ermas inson.

Adab kichik yoshdagilarni ulug‘lar duosiga sazovor etadi va u bu barakotdin umrbod bahramand bo‘ladi.

Bo‘lmas adabsiz kishilar arjmand, Dast etar ul xaylni charxi baland.

Анга паст эрур шоҳлиғ рифъати.

Вафосиздур баҳори ҳусн.

“Mana Buyuklar” kanali