Boshqalardan afzal bo‘lishni emas, avvalgi holingdan afzalroq bo‘lishni xohla! Aqllar boshqalar bilan mashg‘ul bo‘lganda kichrayib, o‘z sohibi bilan mashg‘ul bo‘lganda kattalashadi.

Istak — fikrning otasi.

O‘z intilishing marrasiga yetmoqchi bo‘lsang — muloyimlik bilan adashgan yo‘lingni so‘ra.

Tashqi go‘zallik o‘zining pinhoniy ichki olami bilan yanada qimmatlidir. Kitob muqovasi zarhalli bo‘libgina qolmay, ichidagi mazmuni ham oltinga teng bo‘lsa, u alohida ahamiyat kasb etadi.

Boshqalarning gunohiga hukm chiqarishga oshiqasiz, o'zingiznikidan boshlang, boshqalarnikiga yetib bora olmaysiz.

Takabburlik — jonsiz bir mato: Yuvsa kalta, qilmagin xato.

Ko‘rish va sezish, bu mavjud bo‘lmoqlikdir, mulohaza yuritish esa yashash demakdir.

“Mana Buyuklar” kanali