Dushmanlaring bormi? Bu yaxshi. Bu hayotda nima uchundir kurashayotganingni anglatadi.

Jamiki buyuk narsalar oddiy. Ularni yagona so‘zlar bilan ham ifodalash mumkin: ozodlik, adolat, g‘urur, burch, saxovat, umid.

Kuch yoki aql emas, sa’y-harakatda qat’iy bo‘lish inson salohiyatini namoyon qiladi.

Pessimist har imkoniyatda mashaqqat ko‘radi, optimist har mashaqqatda imkoniyat ko‘radi.

Modomiki, o‘tmish va hozir o‘rtasida nizo chiqar ekan, kelajakni boy beramiz.

Harakatdan emas, harakatsizlikdan tashvishlanganman.

Urush – qo‘pol xatolar ro‘yxati.

Muvaffaqiyat – muvaffaqiyatsizliklar orasida ishtiyoqni so‘ndirmasdan qoqilib-suqilib olg‘a borishdir.

Tarixni o‘rganing, jamiyatdagi barcha muammolarning yechimi tarixda mavjud.

Agar o‘zingizni do‘zaxda deb o‘ylasangiz, u yerda qolib ketmaslik uchun, yurishda davom eting.

Muvaffaqqiyat so‘nggi manzil yoki omadsizlik qismat degani emas. Ularning har ikkalasi jasorat bilan hisoblashadi.

O‘zgarish yuksalish degani. Takomillashish uchun esa tez-tez o‘zgarish kerak.

Kelajak ongga hukmdorlik qilganlarniki.

Barchamiz aytilmagan so‘zlarning sohibi, og‘zimizdan chiqqan so‘zlarning qulimiz.

“Mana Buyuklar” kanali