Hamma dunyoni o'zgartirishga harakat qiladi, lekin hech kim o'zini o'zgartirish haqida o'ylamaydi.
Mehnat insonda ijodiy kuch uyg‘otadi.
Har tong kunlik reja tuz va uni albatta bajar.
Yaxshilik qilishga imkon izla.
Vatanparvarlik — yolgiz o‘z vataniga mehr qo‘yishdan iboratgina emas. Bu juda katta his... Bu —
vatan bilan o‘zini bir butun deb bilish, uning yaxshi-yomon kunlarida asqatish demakdir
Буюк ҳақиқатлар энг оддий ҳақиқатлардир.
Har qanday jismoniy mashaqqatga chida, qiynalganingni boshqalarga bildirma.
Sharoit qancha yomon bo‘lsa, harakatni shuncha kuchaytir.
Aksari hollarda yoshlarning men birovning aqli bilan yashamayman, degan gaplarini eshitasan. O’ylab
ko‘rilganlarni o‘ylab o‘tirish senga ne hojat? Tayyorini olib, olg‘a ketaver. Insoniyatning qudrati
shunda
Boshqalarning fikrini o‘ylab o‘tirgandan ko‘ra o‘z ustingda ko‘proq ishla.
Qo‘lingdagi mulkning o‘ndan birini ehson qil.
Elning muhabbati uchun mayda tuyg‘ulardan voz kech.
Yaqin kishingni o‘zingday yaxshi ko‘r, ikki yaqin kishingni esa o‘zingdan ham ko‘proq yaxshi ko‘r
Har kun zaifroq biladigan tilingda she’r yodla.
Ortiqcha narsangni o‘zing uchun emas, jamiyat uchun ishlat.