Qalb oynasining sof bo‘lishi, xunukdan go‘zalni ajarata olishi uchun kerak.

Donoga yondoshgil, qoch nodondan san, Hatto u xavflidir dono dushmandan.

Sabr – insonni maqsadiga eng tez olib boradigan yo‘l ko‘rsatuvchidir.

Yo asling kabi ko`rin yo ko`ringaning kabi bo`l.

Hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun uch narsa kerak; diqqat, intizom va harakat.

Aql qo‘ydir, nafs bo‘ri, iymon esa cho‘pon. Agar iymon kuchli bo‘lmasa, nafs aqlni yeydi.

Baxtli oila qurishning ikki sharti bordir: 1.Yaxshi turmush o'rtog'ini tanlay bilmoq, 2.Yaxshi turmush o'rtog'i bo'lmoq.

Afzallik istasang, hech kimdan afzallik da’vo qilma, mum va malham bo‘lu jarohat bo‘lma! Birovdan senga yomonlik yetishini istamasang, yomon so‘zli, ­fikri buzuq, yomonlikni targ‘ib qiluvchi bo‘lma!

Завқ ва орзулар зинапояга ўхшайди. Зиналар ўтириб, дам олишга мослашмаган. Умрни шу зиналарда беҳуда ўтказмаслик учун ғофилликдан тез уйғонган ва ҳаётнинг моҳиятини тўғри англаб етган одам нақадар бахтли!

To‘g‘rilik Musoning asosi kabidir. Egrilik esa sehrgarlarning sehrlariga o‘xshaydi. To‘g‘rilik o‘rtaga chiqqach, barcha egriliklarni yutib yuboradi.

Ақл ва қалбсиз инсон туйғуларининг ҳеч бири ҳаракатга келмасди.

O‘ylaring so‘zlaringga, so‘zlaring fe’lingga, fe’ling taqdiringga nuqs etadi. Go‘zal o‘yla, go‘zal yasha.

Oddiy fikrla, oddiy qabul qil va oddiy yasha! Chunki haqiqat ham juda oddiydir

Butun dunyoni qidirib, go‘zal xulqdan ko‘ra yaxshiroq layoqatni topmadim.

Har qo‘lingni siqqan bilan do‘st, joningni siqqan bilan dushman bo‘lma!

“Mana Buyuklar” kanali