Yaxshi va yomon xulqning hammasi sharoit, tarbiya, odatlanish natijasida vujudga keladi. Yaxshi xulqqa ham odat tufayli erishiladi.

Yaxshilik hammaga bevosita sevimli. Agar shunday bo‘lmaganda edi, har kim o‘z istagan yoki orzu qilgan va yoki o‘zicha yaxshilik deb tasavvur qilgan biror narsani o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ymagan bo‘lardi.

Donishmandlik bizga hayot so‘qmoqlarida ulug‘ saodatni hozirlab in’om etuvchi vositadir.

Insondagi sir saqlay bilish xislati oshkor qilish xavfi tug‘ilganda uni ushlab tura biluvchi kuchdir.

Aql tarozusida tortib ko‘rilmagan har qanday bilim asossizdir. Shu bois mantiq ilmini o‘rganmoq juda muhim.

So‘zning yomoni amal qilinmay bekor ketganidir.

Ilm - narsalarni inson aqli yordami bilan o‘rganishlikdir.

His ichki ruhga qattiqroq ta’sir etadi va uni harakatga solishda aqldan kuchliroqdir.

Vahima qilish yarim kasallikdir. Xotirjamlik yarim sog‘likdir. Sabr esa shifoning boshlanishidir.

Agar havoda chang va tutun bo‘lmasa edi, kishi ming yil yashagan bo‘lardi.

Hayo - insonning abadiy go‘zalligi va latofatidir. Hayosiz yuz jonsiz jasadga o‘xshaydi.

O‘z vaqtida, me'yori bilan badantarbiya qilgan odamga dard yaqin yo‘lamaydi.

Do‘stimki, dushmanimga do‘stlik qilarkan, uni men do‘st hisoblamayman. Zaharga qo‘shilgan shakardan ehtiyot bo‘l.

Inson toki o‘zini mayda gap, o‘chakish, janjal, shikoyat, norozilik, ohu vohlardan ozod qilolmas ekan, u iflos va pastlik tabiatidan xalos bo‘lolmaydi.

Xulqlarning barchasi o‘z tabiati bilan go‘zal, yomon xulq-atvorlarga esa keyin erishilgan bo‘ladi.

“Mana Buyuklar” kanali