Qadahsiz sharob ichilmas, ammo unutmang, odamni sharob mast qiladi, qadah emas.

Uyquni yengil o‘lim, o‘limni og‘ir uyqu deb biling.

Ishq yo‘lini aql bilan topmoqchimisan? Quyoshni sham yoqib qidirmoqchimisan?!

Ishq hayotning mag‘zidir, uni topganlarga o‘lim haromdir.

Parvonadan yonishning hikmatini o‘rgan.

Bezori – jaholatda qoldirilgan bolaning ulg`ayganidir.

Ishq sharobdir, ayni damda ishq ulkan qadah ham.

Ilm oshkora savoldir. Ishq esa sirli javob

Majnun shaharni tark aylab sahroga yuzlandi. Sen sahrodan ham voz kech. Orzuga yetmoq istasang Layloni ham terk et.

Dard, insonga yo‘l ko‘rsatur.

Hayot sharobdir, ammo eng taxiri va eng yaxshisi.

Men izlaganim yo‘l emas, yo‘ldosh. Naql bejiz emas: avval yo‘l, keyin yo‘ldosh.

Inson marvarid misoli ummon tubida, sohilga esa xas-cho‘p chiqadi.

Olovdan chaqnagan uchqun kabi bebosh bo‘lma.

Burgut o‘lik suvsarni ovlamaydi.

“Mana Buyuklar” kanali