Sevgi g‘alati bir olov. So‘nmasin desang, bor budingni unga tashlashing kerak: vaqtingni, g‘ururingni, shuuringni...

Yashamoq yaralanmoqdir. Yaralanmoq ham go‘zal.

Majhulga ochilgan eshiklardir, kitoblar: ertaklarga, sirlarga, abadiyatga.

Quyosh dunyoni nurafshon qiladi, so‘zlar esa xalqni.

Irfon kamolot sari ochilgan eshik, mehnat bilan erishilgan ilm.

Buyuk yozuvchi ichidan kelgan ovozni taroshlamay, qanday bo‘lsa shunday hayqirgan insondir. Buyuk yozuvchilar so‘z qo‘llashda avom saviyasi bilan hisoblashmaydilar.

Kitob istiqbolga yo‘llangan maktubdir... Bashang kiyingan hayajon, mo‘miyolangan tafakkur...

Daholar – tabiatning eng xavfli armug‘onlari.

Tarixni omma bilan shaxs orasidagi muntazam kurash yaratadi.

Tuyg‘ularning asorati, ta’sir kuchi va aniqligi bilan belgilanadi.

Tushuncha ziddi bilan butundir. Zid fikrlarga quloqni berkitmoq, o‘zni xatolarga mahkum etmoqdir.

Mutolaa ikki ruh orasidagi oshiqona muloqotdir.

Tarjimon “mukammal”ni qidirgan telba, “falsafa toshi”ni topishga bel bog‘lagan kimyogardir.

O‘zni tanimoq, eng buyuk ma’rifatdir.

Kitobdan emas, kitobsizlikdan qo‘rqing.

“Mana Buyuklar” kanali