Odob - aqlning tarjimonidir. Inson odobi qadar aqlli, aqli qadar sharafli, sharafi qadar qiymatlidir.

Go‘zal gulni, osuda kechani, durust do‘stni hamma xohlaydi. Muhimi, gulni tikani bilan, kechani asrori bilan, do‘stni dardi bilan qabul qila olmoqlikdir.

Bu hayotda har kim bo‘lishing mumkin, ammo eng muhimi INSON bo‘lmog‘ingdir.

Har narsaning me’yori yaxshi. Odobning esa ortig‘i.

Hammasi qalbingga bog‘liq: qalbingni o‘zgartir, dunyoing ham o‘zgarsin.

Ba’zan uzoqlashmoq kerak, yaqinlashmoq uchun. Ba’zan eslamoq kerak, eslanmoq uchun. Ba’zan yig‘lamoq kerak, ochilmoq uchun. Ba’zan sukut yaxshidir, tinglamoq uchun.

So‘zlar haqiqat emas, bor yo‘g‘i og‘izdan chiqqan tovushlardir. Haqiqatni anglamoq uchun yashamoqqa ehtiyoj bor.

Qalb eshigimizni qoqqanlarga qalbimizni ochdik…

Odamlar sharob ichib sarxush bo‘ladi. Ishq ahli esa ichmay turib mast bo‘ladi.

Sevmaganga chumoli ham yuk, sevganga fillar ham chumolidek gap. Agar inson oshiq bo‘lsa va ishonsa tog‘ni ham yelkasida tashiy oladi.

Do‘st degani gulday bo‘lmog‘i kerak: ham yaprog‘i, ham tikani bilan.

Ilm uch narsadan iboratdir: zokir til, shokir qalb va sobir badan

Qalbingni kin va hasad ila kirlatma. Chunki ularni yuvib ketkazolmaysan.

Ba’zan ortingga qarab qo‘y: shunda qayerdan kelganingni unutmaysan.

Olim eding, orif bo‘lding. Endi oshiq bo‘lishga majoling bormi?

“Mana Buyuklar” kanali