Kitob — boylik. Lekin sotib olingani emas, o‘qilgani.

Tabiat — yaxshilik va go‘zallikning bevosita ifodasi

Qadimda bir donishmand aytgan ekan: “Men vaqtning nima ekanini bilaman. Ammo “Vaqt nima?” deb so‘rasalar, aytolmayman”.

Xudo insonni bir umr baxt izlash azobi bilan jazolagan.

Kichkina bir yaxshilik qilish uchun ham odam (balki buyuk odam) bo‘lish kerak; katta yomonlik qilishga kichik odam ham qodir.

Boy bo‘lish uchun ko‘p narsani qurbon qilish kerak: halovat, salomatlik, goho balki vijdonni ham... Yo‘q, mening bunga qurbim kelmaydi, men unchalik badavlat emasman.

Hayot shunday ajoyib mo‘jizaki, o‘lim uning evaziga berilgan arzimas bojdir.

Daholar o‘z kasblari doirasidan chiqib ketadilar. Falonchi — shoir, falonchi — olim, ammo Navoiy — Navoiydir, Eynshteyn — ­Eynshteyn.

Fizikada oqibat sababga teng. Axloqda ham shunday.

“Vaqt o‘tyapti!” deymiz sal hazinlik bilan. Bu gapni inson o‘zini ovutish uchun o‘ylab topgan. Aslida biz o‘zimiz o‘tyapmiz.

Haqiqat — Xudodir: uni hamma biladi-yu, o‘zini hech kim ko‘rmagan.

Shamol shamni o‘chiradi. Shunga o‘xshab, ayriliq ham shunchaki xushtorlikni sovitishi mumkin, chin muhabbatni o‘t oldiradi.

Yozuvchi yolg‘onni to‘qiydi-yu, haqiqatni yozadi.

Toshning bardoshi zo‘r.

Nazarimda, she’riyat haqida ham xuddi shuni aytish mumkin. U benihoya, u bitmas-tuganmas...

“Mana Buyuklar” kanali