Qo‘l yoki oyoqni nojo‘ya ishlatsang — falokatga, tilni nojo‘ya ishlatsang — halokatga yo‘liqasan.

Bir-kishining aniq maqsad sari yo‘naltirilgan qat’iyatli mehnati, ko‘pchilikning faqat istaklargagina asoslangan urinishidan nafliroqdir.

Rost gap chegaralangan, unga bitta ortiqcha so‘zni qo‘shib ham, olib ham bo‘lmaydi. Yolg‘on gapning chegarasi yo‘q, shu bois unga yolg‘on so‘zlar qo‘shilib borgani sayin ko‘pirib boraveradi. Achinarlisi ko‘pirma yolg‘onga ko‘proq ishonadilar.

Adolatli tanqid — kelajakning mevasi, undan chiqarilgan to‘g‘ri xulosa — bugunning mevasi.

Nafsni tiyishni ham o‘rganish kerak, aks holda, bir kun kelib, u bizni “tiyib” qo‘yishi mumkin. Chunki nafs nafaqat yeyish-ichishga bo‘lgan maylni, balki boylikka, amalga yoki shon-shuhratga bo‘lgan ishtiyoqni ham alanga oldiradi.

Eru xotinning farog‘at ila yashashlari uchun ­aqlni ham, jahlni ham farosat bilan ishlatish lozim bo‘ladi.

Eng yomon narsa insonga bo‘lgan ishonchning yo‘qolishi: mengami, sengami yoki ungami — farqi yo‘q.

Ba’zan birpaslik noo‘rin ehtirosga berilish odamni bir umr izzatdan judo qiladi.

Osuda hayot — suvi limmo-lim chelakka o‘xshaydi: ehtiyot bo‘lmasang suvi chayqaladi va to‘kiladi.

Maqsadga eltadigan yo‘lning tekis-notekis, tor-keng, uzoq-yaqinligi muhim, lekin uni qoqilmasdan, chalg‘imasdan jadal bosib o‘tish yanada ­muhimroq.

Odamlarni odamgarchilikdan chiqaradigan odamlar ham bor, deyishadi. Bu gap qaysidir ­darajada to‘g‘ri bo‘lsa, to‘g‘ridir. Ammo bundaylarni odam deyish noto‘g‘ri.

Boshqalar ishonib topshirgan ishni yaxshi ado etolsam — rohatlanaman. Boshqalar ishonqiramasdan, ­ikkilanibroq topshirgan ishni bajarolsam —­lazzatlanaman.

Ehtirosning tabiati shamol kabidir: kuchsiz shamol – shabada, u olovni alanga oldiradi, kuchli shamol – dovul,alangani so‘ndiradi va o‘chiradi.

Keksayib qolgan otamdan hol-ahvol so‘rasam, shunday derdi: “Uydan o‘z oyog‘im bilan chiqib ketyapman, uyga o‘z oyog‘im ­bilan qaytib kelyapan”.

Nafs iti doimo akillab turadi.

“Mana Buyuklar” kanali