Dunyoda eng bebaho, ammo hamisha benazir tarqatiladigan xazina bor. Bu – Ona mehri!

Odam uchta narsaning qadrini doim kechikib biladi. Yoshlik. Sog‘liq. Tinchlik.

Dunyoda mukammal narsa yo‘q. Hatto muhabbat deb atalmish oliy tuyg‘uda ham adolatsizlik bor. Kim qattiqroq sevsa, o‘sha ko‘proq iztirob chekadi.

Ish ko’pligi-yu, vaqt yo’qligidan nolimang. Vaqt ko’pligi-yu, ish yo’qligidan qo’rqing. Odamni abgor qiladigan narsa – bekorchilik.

Ertalab turganingda, kunduzi yurganingda, kechasi uxlaganingda hech qayering og‘rimasligi shuning o‘zi baxt!

Do‘stni xo‘rlash – gunoh. Umr yo‘ldoshini xo‘rlash – yuz hissa gunoh. Ota-onani xo‘rlash – ming hissa gunoh. Go‘dakni xo‘rlash – cheksiz gunoh...

Aql bilan mansabga erishish mumkin. Mansab bilan aqlga erishib bo‘lmaydi.

Haqiqatdan qo‘rqqan odam yolg‘onning panasiga berkinadi.

Hatto bulbul ham bola ochganidan keyin sayrashni bas qilib, polaponlariga yemish tashiydi.

Insonning bahosi bu dunyoda o‘zi olgani bilan emas, o‘zidan qolgani bilan belgilanadi.

“Mana Buyuklar” kanali