Aqlni ota-onangdan topolmagan bo‘lsang, ko‘chadan qidirma, kitobdan qidir, ustoz-muallimdan qidir. Bulardan ham topolmasang, Qur’oni Karimdan qidir, hadisi sharifdan qidir! Demak, sen iymonga muhtojsan!

Inson bolasi yaxshi tarbiya topib, oqil va odil ta’lim olib, go‘zallikni ilg‘ay biladigan, noziklikni payqay oladigan, sof va pokiza hayotni his qilishga odatlangan holatda voyaga yetmog‘i lozim. Shunda u yomon va xunuk illatlardan, kir va iflos qilmishlardan jirkanadigan inson bo‘lib yetishadi. Jirkanish odamning insonlik mezoni!

Yomonlarning yomon ishlarini, qilmishlarini qoralash, tanqid qilish maqsadida bo‘lsa ham, ularni tasvirga tushirib namoyish etish, kino qilib ko‘rsatish bu - ularning nomaqbul hayotining yangi-yangi qirralarini nobop yoshlarning esiga solish, o‘rgatish bilan barobar.

Do‘stni sen tanlaysan, qondoshlikni Xudo tanlaydi, ota-ona bino qiladi. Xudoning tanlovidan, ota-ona binosidan voz kechib bo‘lmaydi.

Inson zoti shunaqa: aqli yetgan narsada o‘zi bilur, aqli yetmagan narsada Xudo bilur.

Vatandosh olimlarimizning qadr-qimmati naqadar ulug‘vor ekanini xorijga chiqqaningda - ular orqali seni taniganlarida tushunib yetasan.

Shunaqa insonlar bo‘ladi: odamlar uning qanaqa odamligini tirikligida bilmaydi, hecham bilmaydi. Vafotidan keyin bilib qoladi...

O‘z millatining tilini, urf-odatlarini, turmush tarzini bilmaydiganlarning baxti nuqsonlidir.

Ko‘zi bilan kuladigan, ko‘zi suzilib turadigan yoki ko‘zlari olma-kesak teradigan odamdan halol odam chiqishi amri mahol...

Achchiqni achchiq kesadi dema, shirin ham kesadi, kesganda ham afzal kesadi.

«Millatim millatim!» deya uzzukun bong uradigan, zaruriyat tug‘ilganda pisib, g‘oyib bo‘lib qoladiganlar - podani qushxonaga boshlab o‘zi qochib qoladigan echki zotlardir.

Aqlsizga aql o‘rgatsang, seni aqlsizga chiqaradi. Xuddi o‘g'rini to‘g‘ri, desang ertasiga uyingga tushganidek...

Oqil va odil rahbariyat yo‘q yerda odamlar oqil va odil bo‘lmaydi.

Shunaqa insonlar bo‘ladi: odamlar uning qanaqa odamligini tirikligida bilmaydi, hecham bilmaydi. Vafotidan keyin bilib qoladi...

O‘zbek bir-birisiz turolmas, ko‘rishmasdan yasholmas! Ichidagini yutib yurolmas, hasratlashmay ketolmas!

“Mana Buyuklar” kanali