Dunyoning sen bilan ishi yo‘q. Dunyo faqat muvaffaqiyatga erishishingni kutadi, qadr-qimmatingni ko‘z-ko‘z qilishingni emas.

Hayot choraklardan iborat emas, unda ta’til, sen bilan alohida ishlaydigan muallim yoki rahbar bo‘lmaydi. Vazifalarni shaxsan o‘z kuching bilan va o‘z vaqtida bajarishing shart.

Hayotingni televidenie orqali ko‘rsatilayotgan hayot bilan adashtirma. Real hayotda inson umrining ko‘p qismini qahvaxonalarda emas, ish joyida o‘tkazadi.

Sen tug‘ilmaguningga qadar ota-onang bunaqa zerikarli va ko‘rimsiz bo‘lmaganlar. Ular sening baxtli bolaligingni yaratish jarayonida shunday ahvolga keldilar.

Maktabni tamomlashing bilan yiliga 40 ming dollar maosh olib keladigan ishni topish dargumon. Shaxsiy limuziniga ega kompaniya rahbari bo‘lish uchun shunga yarasha harakat qilish zarur.

Agar o‘qituvchingni qattiqqo‘l va talabchan deb o‘ylasang, rahbaring bilan yaqindan tanishishni ortga sur. Rahbarning muvaffaqiyati sen ishingni qanday bajarayotganingga bog‘liq.

XXI asrda sizni biznesingiz internetda yo’qmi, demak siz biznesda yo’qsiz.

Hayot beshavqat – bu haqiqatga ko‘nikish zarur.

Sizning eng baxtsiz mijozlaringiz - sizning eng katta o'rganish manbangiz hisoblanadi

Agar siz kambag’al bo’lib tug’ilgan bo’lsangiz, bu sizning xatoyingiz emas. Lekin agar kambag’al bo’lib o’lsangiz, bu sizning xatoyingiz

Har bir muvaffaqiyatsizlikda ota-onang yoki boshqalarni ayblayverma. Xatolaring ustida yig‘lab o‘tirma, ulardan xulosa chiqar.

“Ko‘zoynakli botanik”lar bilan yaxshi munosabatda bo‘lgin. Ulardan biri kelajakda senga rahbar bo‘lishi hech gap emas.

Ba’zi maktablarda salbiy baholash tizimi bekor qilindi, imtihonni topshirish uchun istagancha urinish mumkin. Ammo hayotda bu holatning aksi senda uchrasa bundan o‘pkalama.

Sen tug‘ilmaguningga qadar ota-onang bunaqa zerikarli va ko‘rimsiz bo‘lmaganlar. Ular sening baxtli bolaligingni yaratish jarayonida shunday ahvolga keldilar.

Televizor haqiqiy hayot emas. Haqiqiy hayotda odamlar qahvaxonadan chiqib, ish joylariga borishadi

“Mana Buyuklar” kanali