Yaxshi fazilat yolg‘iz bo‘lmaydi, albatta, uning qo‘shnisi ham bo‘ladi.

Odamgarchilikka intilish insonni barcha yomonliklardan qaytaradi.

Hayot aslida sodda. Faqat biz uni murakkablashtirishga urinamiz.

Odamlarning seni bilmaganligiga xafa bo‘lma, balki o‘zing odamlarni bilmaganliging uchun xafa bo‘l.

Tashvish chekma, tanimasa seni odamlar, Tashvish chekkin odamlarni tanimaslikdan.

Ustod debdir: — Bilimni ona qornidan olib tushmaganman; O‘tmish qonimda-yu, o‘qishdan to‘xtamasman!

Ustod yovvoyilar orasiga borib yashashni ixtiyor etdi. Birov aytdiki: — Bunga yo‘l qo‘ymaymiz! Ular yomon odamlar! Ustod shunday debdir: — Bu qanday gap? O‘zing yaxshi bo‘lsang, yomon nima qilsin?

Ustod so‘zicha, himmat egasi to‘qqiz sifatni orzu qiladi: — Ko‘zi o‘tkir, qumquloq bo‘lsa, yuzi kulib tursa, harakatida barakat, ishi pishiq, lafzi toza bo‘lsa, ikkilanganda so‘rashdan iymanmasa, qahri qo‘ziganda oqibatini o‘ylasa, ko‘nglida adolat oftobi bo‘lsa, paytida foydani bilsa…

Yaxshilikni shaxsiy manfaat ko'zlamay, faqat yaxshilik bo'lsin, deya qilmog'imiz lozim.

Samiymiylik va adolat har qanday fazilatning asosidir.

Ustod debdir: — Yaxshilar do‘st bo‘lmasa, O‘qishni xushlamasa, burch yo‘lin ushlamasa, Qusurni rustlamasa, —Anga azador boshim!.

Ustod debdirkim: — Bitta qorin g‘ami bilan Qunni kech qilmoq og‘ir. Hammaning ko‘ngli shu bo‘lsa, Dunyo oxir bo‘pti, oxir!

Odamlarni o'qitmay turib urushga jo'natish-ularga sotqinlik qilishning o'zginasi

Olmos ishlov berilmay sof bo'lmagani kabi inson ham dard-iztirob chekmay komil bo'lolmaydi.

Ustod aytibdir: — Elni kuch bilan itoatga ko‘ndirsang ham, Kuch bilan ilm otiga mindirolmaysan!

“Mana Buyuklar” kanali