Kitobi yo'q olim johillar qatoriga kiradi.

Mardlik kuchda va shamshir o‘ynatish san’atida emas, mardlik o‘zni tuta bilishda va adolatli bo‘lishdadir.

Kitobi yo‘q olim - mevasiz daraxt.

Agarda muallim bo'lsa beozor, Darsxonani qilgay bolalar bozor.

Hamrohini mushkul yo‘lda tashlab ketgan odam hech yerda halovat topmaydi.

Johil dovulga o'xshaydi, ovozi juda kuchli, ammo ichi bo'shdir

Odamlar bilan ularning aqliga monand gaplash

Bolaga kichkinaligida bilim ber, yaxshi ishlari uchun mukofotla, yomonlarining yomonligini o‘zlariga tushuntir.

Agar jamiki kechalar laylatul Qadr bo’lsa edi, laylatul Qadr qadrsiz bo’lur edi.

Agar qaysi yerda g‘arib xo‘rlansa, o‘sha mamlakat tezda vayron bo‘lur.

Ikki kishi besamar ish qilgan va benaf tashvish chekkan: biri - boylik to‘plab, foydalana bilmagan va ikkinchisi - ilm o‘rganib, unga amal qilmagan.

Johil uchun eng yaxshi ish jim turishdir. Vaholanki, u buni bilganida johil bo’lmas edi.

Istamay mutolaa qilayotgan talaba - qanotsiz qush.

G'aming oshsa, daryo yoqala, Shodlik oshsa, mozor yoqala.

Qozi besh bodiring yesa gar pora, Yuz poliz hukmiga topadi chora.

“Mana Buyuklar” kanali