Qalb osoyishtaligi - Allohni tanish bilan vujudga keladi. Biz alhol "baxt" deb o'ylayotgan boylik, mansab, hatto oila quvonchi - barchasi o'tkinchidir. Allohni taniy olgan kishining baxtigina boqiydir.

Iymon bir muazzam saroy desak, uning ichiga kirmoq uchun yurib borish kerak, balki tikanzorni yalangoyoq bosib o‘tishga to‘g‘ri kelar. Kam ichding nima-yu, ko‘p ichding nima, farqsiz, igna ham yo‘g‘on qoziqning uchi ham ko‘zga kirar bo‘lsa baribir ko‘r qiladi.

Инсон меҳнатдан тўхтаса, камолотдан ҳам тўхтайди. Чунки камолот саройининг пойдевори ҳам, девори ҳам меҳнатдир.

Baxtsizlik ham mehmon. U hademay o'rnini baxtga bo'shatib beradi.

Қайси халқнинг диёнатини билмоқчи бўлсанг, аёлларининг кийинишига қара.

Коммунистик жамият умрини яшаб бўлгач, назаримизда нопоклик барҳам топгандай бўлди. Аммо бу масалада хулоса чиқаришга шошилманг, азизлар. Жамият йўқ бўлгани билан унинг раҳнамоси – шайтон тирик.

“Mana Buyuklar” kanali