Biz nimani izlaymiz? Xotirjamlik, baxtnimi? Biz qanchalar dahshatli va jirkanch bo’lmasin, haqiqatni izlaymiz.

Har qanday jiddiy mehnat axloqimizga ta’sir o’tkazadi. Diqqatimizni topshirilgan ishni bajarish uchun jamlashga bo’lgan urinishimizni ruhiy olamimizga tashlangan toshga o’xshatish mumkin. Tosh kelib tushgach, birinchi doira kichik bo’ladi, keyingilari esa o’z-o’zidan kattalashib boradi.

Inson ham xuddi daraxtga o’xshaydi. Daraxtlar yuksaklik, yorug’lik sari qanchalik ko’p intilsalar, ildizlari yer qa’riga, qorong’ulikka – tubanlik tomon shunchalar chuqurroq kirib boraveradi.

Qachonlardir hamma narsa o’z nihoyasiga yetadi. Shunda – menga ko’rish nasib etmaydigan olis kunlarning birida — kitoblarimni qo’lga olib ochishadi va o’z o’quvchilarim paydo bo’ladi. Men ana shu muxlislarim uchun yozishim, shular uchun asosiy g’oyalarimni nihoyasiga yetkazishim kerak. Hozir kurasholmayman – mening hatto dushmanim ham yo’q.

Olijanoblik xushfe’llik va haddan ortiq ishonuvchanlik omixtasidir.

Men kitoblarimni doim butun jismi jonim va hayotim ila yozdim. Sof ruhiy muammolar neligini esa bilmayman.

Shunday qoida mavjudki, biz uning vositasida insonning hayotini tortib olishimiz mumkin. Biroq insondan uning o’limini tortib olishga imkon beruvchi qoida mavjud emas.

Hamdardlik dard chekishdan ko’ra azobliroqdir.

Har qanday haqiqat – egri. Chunki vaqtning o’zi ham bir doiradir.

Shuhratparast odam uchun o’zgalarning fikri emas, balki o’zining boshqalar fikri to’g’risidagi mulohazasi muhimroqdir.

Mukammal ayol odamzotning komil erkakdan ko’ra oliyroq turidir. Ammo ularning soni komil erkaklarga nisbatan kamroq.

Kunning uchdan-ikki(2/3) qismini o‘zi uchun sarflay olmaydigan odam qul deb atalishi kerak.

Mangulikka daxldor bo’lish uchun ba’zan hayotni qurbon qilishga to’g’ri keladi.

Axloqiylik majburiyatni keltirib chiqaradi. Keyinchalik u odatga aylanadi, undan so’ngroq esa u ixtiyoriy itoatkorlikka va nihoyat, tabiiy maylga aylanadi.

Inson o’zga kishi oldida ayblariga iqror bo’lgach, ularni darhol unutadi. Ammo o’zga kishi uning ayblarini yodida saqlab qoladi.

“Mana Buyuklar” kanali