Men hech qachon bugungidek hayot kechirishimni tasavvur ham qilib ko‘rmaganman. Har doim futbolni yaxshi o‘ynashni orzu qilganman va bugun o‘z orzularimda yashamoqdaman.

Baxtiyor va tabassum qilayotgan bolani ko‘rishdan ham ulkanroq quvonch yo‘q. Men doim qo‘limdan kelganicha, kezi kelganida dastxatlar ulashib bolalarga shodlik ulashishga urinaman. Bolaning kulgisi dunyodagi jamiki boylikdan qimmat.

Orzuga erishish uchun kurashish kerak. Buning uchun o‘zingni qurbon qilishing, qattiq mehnat qilishing zarur. Men buning uchun hayotimning 17 yilini sarflaganman.

Men ota bo‘ldim. Bu – hayotdagi ulkan o‘zgarish pallasi. Otalik hayotga boshqacha boqishingni ta’minlaydi. Endi farzandim – mening hamma narsam.

Sen urgan gol jamoang o‘yinda g‘alaba qozonsagina ahamiyatli bo‘ladi.

Mendagi g‘ayratning omili pul emas. Mening shijoatim uchun koptokning oyog‘imda bo‘lishidan ham muhimroq omil yo‘q. Ishonch bilan aytishim mumkinki, havaskor o‘yinchi bo‘lgan taqdirimda ham hozirgidek o‘ynagan bo‘lar edim.

Men o‘z millatim va milliy jamoam sha’nini ko‘tarib maydonga chiqish, ayni shu maqsadda ismim yoniga «jahon chempioni» degan nomni qo‘shib qo‘ymoqchiman.

Futbol uchrashuvlaridan so‘ng boshqalar qatori oilam, do‘stlarim davrasida bo‘lishni afzal ko‘raman.

Doim yanada ko‘prog‘idan umid qilish, doimo o‘zining birinchi raqamli tanqidchisi bo‘lish, o‘zining yaxshi va yomon jihatlarini tan olish – muvaffaqiyatimning yagona siri.

Meni futbol ulg‘aytirgan. Bu kunga kelguncha ko‘p kunlarni boshdan o‘tkazdim. Maydon va uning tashqarisida bo‘lgan yaxshi va yomon narsalar avvalo inson va professional bo‘lishimga xizmat qilgan.

Men ham boshqalar singari hayot kechiruvchi oddiy odamman.

Eng yaxshi o‘yinchi bo‘lish mening nazdimda yuksak sharaf. Ammo Barsa, bu – faqat Messi degani emas. Barsada eng yaxshi o‘yinchilar ko‘p.

Men jahon chempioni bo‘lishni o‘zgalarning menga nisbatan hurmatini oshirish, yoki buyuklik uchun orzu qilmayman.

Hayotda futbolda g‘olib bo‘lish yoki yutqazishdan ham muhimroq ishlar bor.

Men muntazam yuksalish tarafdoriman. Ko‘proq gol urish, ko‘proq g‘alaba qozonish. Men shu narsalarga doim ochman. Hech qachon ularga to‘ymayman.

“Mana Buyuklar” kanali