Odamlar bilan muloqotda bo‘lish o‘zingni anglashingga olib keladi.

Baxtga erishishning nazariy jihatdan yuz foiz imkoniyati bor: o‘zingda barham topmaydigan bir narsaga ishonish va unga intilmaslik.

Agar sen qalb amring ila to‘g‘ri yo‘ldan ketayotgan va hayotingdagi jamiki kechmishlar ortda qolgan bo‘lsa, unda hammasi o‘tmish qa’riga kirib yo‘q bo‘lib ketarmidi; ammo bu “qilko‘prik”dan o‘tayotganingda sen unga osiltirib qo‘yilganga o‘xshaysan, unda qadamlar faqatgina yerning amriga ko‘ra tashlangan bo‘lishi mumkin va ortga qaytishingning imkoni qolmaydi.

Biz jannatda yashash uchun yaratilgan edik, jannat esa bizlarga xizmat qilish uchun. Bizning yozig‘imiz o‘zgartirilgan edi, jannatning yozig‘i haqida esa gapirilmaydi.

Bizning san’atimiz – bu haqiqat bilan ko‘zlarning qamashishi: faqat yuzda nafrat alomati bilan orqaga tislangandagi nur haqiqatdir.

Ruh qachon jon bo‘lishdan to‘xtasa, u ozod qilinadi

Gunoh doimo oshkora keladi va darhol bilinadi. U o‘z ildizlariga qaytib ketadi, shuning uchun ham uni kovlab olib bo‘lmaydi.

Kimki dunyoda o‘z yaqinini sevsa, bu dunyoda faqat o‘zinigina sevadigan odamga qaraganda katta ham, kichkina ham bo‘lmagan adolatsizlikka yo‘l qo‘yadi. Faqat bir savol qoladi: birinchisi mumkinmikan?

Yovuzlikni xuddi qurol kabi ba’zan qo‘lga olib turiladi; u qarshilik ko‘rsatmasdan o‘zining bir chekkaga olib qo‘yilishiga izn beradi, agar bunga iroda yetsa.

Yaxshilik, qaysidir ma’noda, minnatli hamdir.

Oyoq bosib o‘tilmagan zinapoya aslida quruq yog‘ochdir.

O‘zingni odamiylikda sinab ko‘r. Bu sinov shubhalanuvchini shubhalanishga, ishonuvchini esa ishonishga undaydi.

Kuz yo‘liga bir nazar tashlang: hozirgina undagi xazonlarni supurib tashlashdi, u esa yana qurigan barglar bilan qoplandi.

O‘zingda diyonat emas, yovuzlik ustun degan tasavvur uyg‘onishiga yo‘l qo‘yma.

Taraqqiyotga ishonish taraqqiyotga erishilganiga ishonish degani emas. Yo‘qsa bu ishonch deb atalmagan bo‘lur edi.

“Mana Buyuklar” kanali