Hamma xotirasidan noliydiyu lekin hech kim aqlidan nolimaydi.

O'rgatmoq uchun so'kish, yordam bermoq uchun haqorat qilish shart emas.

Olamda erishish mumkin bo‘lmagan narsalar juda kam. Agar bizda qat’iyat ko‘proq bo‘lganida istagan maqsad sari eltadigan yo‘lni topa olardik.

Jismoniy mehnat ruhiy iztiroblarni unutishga yordam beradi, shuning uchun qashshoqlar baxtiyor odamlardir.

Agar tomonlardan faqat bittasi aybdor bo‘lganida odamlar o‘rtasidagi nizo bunchalar uzoq cho‘zilmasdi.

Fe’lu atvorning o‘zgarmas darajada qat’iyligi ayol tabiatigi yotdir.

Haqiqiy do‘st bu dunyoning eng ulug‘ ne’matidir. Holbuki biz ayni shu ne’matning ortidan har narsadan kamroq quvlaymiz.

Yasama soddalik—o‘ta nozik munofiqlikdir. Odamning baxti va baxtsizligi taqdirga qanchalik bog‘liq bo‘lsa, uning xulqiga ham shunchalik bog‘liqdir.

Haqiqiy chechanlik kerakli gapning hammasini aytib, keragidan ortiq hech narsa demaslik qobiliyatidir.

Biz do‘stlarimiz bilan to‘la to‘kis oshkora gaplashmasligimizning boisi—ularga ishonchimiz yo‘qligidan emas, ko‘proq o‘zimizga o‘zimiz ishonmasligimizdandir.

Biz hech qachon o‘zimiz kirmagan va kirmaydigan qiyofada ko‘rinishga harakat qilmay, hamisha qanday bo‘lsak shundayligimizcha ko‘rinadigan bo‘lsak, borligimizcha namoyon bo‘lsak, odamlarning nazarida ko‘p narsa yutgan bo‘lardik.

Qayta tiklangan do‘stlik hech qachon uzilmagan do‘stlikka qaraganda ko‘proq e’tibor va g‘amxo‘rlik talab qiladi.

Vijdonimiz oldida o‘zimizni oqlamoqlik uchun ko‘pincha maqsadga erishish uchun kuchimiz yetmadi deb, o‘zimizni ishontirmoqchi bo‘lamiz. Holbuki, amalda biz kuchsiz emas, irodasizmiz.

Insonning hamma umidlari chippakka chiqsa, bu ularning do‘stlariga ham, dushmanlariga ham yoqadi.

Ishtiyoq tug‘diradigan hamma vasvaslarni qondirishdan ko‘ra, ishtiyoq yangi tug‘ilganda uni o‘ldirish kerak.

“Mana Buyuklar” kanali