Adolat - oxiratda najot, dunyoda saodat boshidir.

O'qishni bilsangiz, har bir inson bir kitobdir.

Sabr qilaman, toki sabr sabrimdan charchaguncha

Ilm olinglar. Ilm bilan birga xotirjamlik, viqor va hilmni (muloyimlikni) ham olinglar. Sizga ta’lim berayotgan kishiga tavoze’li bo‘linglar. Sizdan ta’lim olayotgan kishilar ham tavoze’li bo‘lishsin. Jabr qiluvchi olimlardan bo‘lmanglar. Ilmingiz johilligingiz ustiga qoyim bo‘lmasin.

Bir ishni qilishdan oldin chora-tadbir ko‘rish insonni pushaymonlikdan qutqaradi.

Ilmiga amal qilmagan olim johillar qatoriga kiradi.

Boylik ehson qilinsa - izzat, berkitilsa - xorlik keltiradi.

Bizning eng katta xatoyimiz boshqalarning xatosiga bo’lgan qiziqishimizdir.

Xasisning boyligi tosh kabi foydasizdir

G‘azab vaqtidagi ozgina sabr, keladigan minglab afsuslarni oldini oladi.

Yomon xotin misoli go‘zal kiyingan chayonning o‘zidir.

Eng yomon kamchiligimiz - boshqalarning xatolariga qiziqishimiz.

Eng ezgu ehson hojatmandga berilganidir.

Muhtojga yordam berishni ertaga qoldirmang. Zero, sizga yoki unga ertaga nima bo‘lishini bilmaysiz.

“Mana Buyuklar” kanali