Dunyo hayoti uch kun: kecha, bugun, erta. Kecha o'tdi, ertaning bo'lishi noma'lum. Shunday ekan, bugungi kunni qadrlash lozim.

Sizlar xohlagancha ilm o‘rganaveringlar. Allohga qasamki, amal qilmaguningizcha Alloh sizlarga uning uchun ajr bermaydi. Ahmoqlar himmati rivoyat qilish, ulamolar himmati rioya qilishdir.

Kimning kalomi hikmat bo‘lmasa, u lag‘vdir (foydasiz), kimning sukuti tafakkur bo‘lmasa, u sahvdir (yanglish), kimning nazari ibrat bo‘lmasa, u lahvdir (o‘yindir).

Pulni o'ylab sarf qilmoq yarim foydadir.

Фақирлик, хасталик ва ўлим бўлмасайди, кибрдан инсон боласининг боши егилмас еди...

To'rt narsa kishining muruvvatidan: rostgo'yligi, birodarlarining xato-kamchiliklarini kechirishi, zamonasining ahliga saxovat qilishi, odamlarga ozor berishdan tiyilishi.

Kim senga gap yetkazsa, bilginki, sening gapingni ham boshqaga yetkazadi. Hasan Basriy

“Mana Buyuklar” kanali