Hayotning buyuk savoli — odamlar orasida qanday yashash.

Erkinlik, bu — yolg‘on gapirmaslik huquqidir.

XX asrning eng kuchli ehtirosi — malaylikdir.

Erkin matbuot yaxshi ham, yomon ham bo‘lishi mumkin. Erksiz matbuot faqat yomon bo‘ladi.

Manu qonuni: “Ayolning dudog‘i, yosh qizning ko‘ksi, go‘dakning duosi, qurbonlik olovi hamisha pokiza”.

Hamisha haq bo‘lishga intilish — aqlning tarbiya topmaganligi belgisidir.

Har qanday odamning hayotida buyuk tuyg‘ular kam, mayda hislar ko‘p bo‘ladi...

31 Mart. Menda shunday tuyg‘u borki, go‘yo men bir maromda tubanlikdan ko‘tarilayotgandekman...

Nega men san’atkorman, faylasuf emasman? Chunki men g‘oyalar orqali emas, so‘zlar vositasida fikrlayman.

Yozish — minnatsiz yumush demakdir.

Faqat obrazlar orqali tafakkur qilish mumkin. Agar faylasuf bo‘lishni xohlasang, romanlar yoz.

Ha, mening vatanim bor: fransuz tili.

Kamdan-kam odam san’atni anglashga qodir.

Eng xavfli yo‘ldan ozish: hech kimga o‘xshamaslik.

O‘limda o‘yin va qahramonlik o‘zining haqiqiy ma’nosiga ega bo‘ladi.

“Mana Buyuklar” kanali