Kuchga tayanmagan adolat ojiz, adolatga tayanmagan kuch esa zolimdir.

Bizning bor-yo‘q fazilatlarimiz fikrlarimizda mujassamdir. Shu bois biz fazo va vaqt bilan emas, balki fikrlarimiz bilan yuksalmog‘imiz lozim. Zotan, biz hech qachon fazo va vaqtni to‘ldirolmaymiz. Jo‘yali fikrlash axloqiylik ibtidosi.

Doimo olg‘a intilish – inson tabiatining asosi.

Jamiyat va o‘zi uchun befoyda bo‘lishdan hamda aql-u idrokni hech qanday ish qilmaslikka sarflashdan ham ortiqroq uyatli narsa, yo‘q.

Olamdagi barcha narsalar bir-biriga shu darajada chambarchas bog‘lanib ketganki, ulardan birini boshqalarisiz va yaxlit holda olmay turib anglab bo‘lmaydi.

“Mana Buyuklar” kanali