Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.

Мен дардимни на дўстимга ва на душманимга айтаман. Зеро дўстим хафа бўлса, душманим севинади. Менинг ҳолимни энг яхши биладиган Аллоҳимдир.

Xotinlarga itoat etmang. Ularga qarshilik qilib turmasangiz, uydan baraka ketadi.

O'zingga sodiq do'stlar tanla, ular panohida yashaysan. Chunki ular farovon kunlaringda ziynat, qiyinchilikda qolganingda qalqondir.

Ba'zan o'tmishi eng yomon bo'lgan odamlar o'zlariga eng yaxshi kelajakni yaratadilar.

Фақирларга паст назар билан қараманг, чунки улар жаннат қиролларидир.

Uchta ishing sen haqingda do'stingda yaxshi fikr hosil qiladi: uni salom bilan qarshi olishing, majlisda joy berishing, u yaxshi ko'radigan ismlar bilan uni chaqirishing.

Kishini g‘azablanganda sinovdan o‘tkazmaguncha uning xulqiga ishonmang!

Динингизни яхшилаб ўрганинг ва унга мувофиқ яшанг. Акс ҳолда ўтказаётган ҳаётингизни дин шу бўлади, деб тушунадиган бўлиб қоласиз.

Kimki Allohdan qo‘rqsa (taqvo qilsa), Alloh uni saqlaydi. Kim Allohdan umid qilsa, Alloh uni noumid qilmaydi. Kimki Alloh yo‘lida ehson qilsa, Alloh uning o‘rnini to‘ldiradi. Shuning uchun taqvoni qalbing tayanchi, diydang jilosi qil! Zero, niyatsizning amali, ezgusizning ajri bo‘lmas!

Келишилмай қилинган қарорда яхшилик йўқ.

Бир одамнинг фикри битта ипга ўхшайди, узилиши мумкин. Икки фикр эса қўшалоқ ипга ўхшайди. Учтаси эса узиш қийин арқонга ўхшайди.

Haqdan ayrilmangki, sizga haq egalarining joyi ko‘rsatilgan. Har doim faqat haqiqat bilan hukm eting.

Mening ayblarimni ko‘rsatgan kimsani Alloh marhamatiga olsin.

“Mana Buyuklar” kanali