Sening qilayotgan ishlaringdan dushmaning ogoh bo‘lib, ulardan ko‘z yumishi senga ilon chaqqandan ko‘ra ham zararli va mashaqqatli bo‘ladi.

Image

Abulqosim Zamaxshariy

Mahmud Zamaxshariy (1075–1144) Ko’hna Xorazm zaminida jahon fani va madaniyati rivojiga munosib hissa qo’shgan ko’plab buyuk allomalar yetishib chiqqan. Abul qosim az-Zamaxshariy ana shunday ulug’ siymolardan biridir. Allomaning to’liq ismi Abul qosim Mahmud ibn Umar az-Zamaxshariy bo’lib, u hijriy 467 yil rajab oyining 27 kuni (1075 yil 19 mart) Xorazmning katta qasabalaridan biri — Zamaxshar qishlog’ida tavallud topdi. Az-Zamaxshariy haqidagi ma’lumotlar asosan O’rta asr arab manbalarida keltiriladi. Otasi unchalik badavlat bo’lmasa-da, savodli, taqvodor, diyonatli kishi bo’lgan va aksar vaktini Qur’on tilovatiyu namoz o’qish bilan o’tkazib, Zamaxshardagi bir masjidda imomlik ham qilgan. Az-Zamaxshariyning onasi ham taqvodor, dindor ayollardan hisoblangan. Aftidan, az-Zamaxshariyning otasi serfarzand bo’lgan. Chunonchi, shoir qasidalaridan birida otasining farzandlari ko’p va oilasi katta bo’lgani tufayli ham tirikchilik yo’lida tinmay mehnat qilgani haqida yozadi.

O‘xshashlari

Seni kasodu inqirozga uchrashdan ogoh qiluvchi kishiga lutf bilan muomalada bo‘l, qo‘rqma, zarari yo‘q, ziyoni yo‘q, deb yupatuvchilardan uzoqroqda bo‘l.

"Zo'r" - "Yaxshi" ning dushmanidir.

O’zgaga qilgan muruvvatingni do‘stga ham, dushmanga ham maqtanma

O'z dushmanlaridan nafratlanish uchun insonning aqli yetarli bo'lishi kerak.

Men dushmanlarimni do’stlarimga aylantirish orqali xonavayron qilaman

Donoga yondoshgil, qoch nodondan san, Hatto u xavflidir dono dushmandan.

Dushmanlaring bormi? Bu yaxshi. Bu hayotda nima uchundir kurashayotganingni anglatadi.

Do‘stimki, dushmanimga do‘stlik qilarkan, uni men do‘st hisoblamayman. Zaharga qo‘shilgan shakardan ehtiyot bo‘l.

Нохуш хабарни чин бўлса ҳам дўстингга етказма; бировдан айб кўрсанг юзига солма. Қўявер, ўша чин хабарни душман етказсин ва сен сабр қил, у айб можаросини душмани қилсин.

Odamlar bilmagan narsalariga dushmanlik ko’zi bilan qaraydilar.

Do‘stu dushman bilan murosayu madora qildim

Qaysi bir sipohiy tuz haqi va vafodorlikni unutib, xizmat vaqtida o‘z sohibidan yuz o‘girib, mening oldimga kelgan bo‘lsa, unday odamni o‘zimga eng yomon dushman deb bildim.

Do‘st-dushmandan kimki menga iltijo qilib kelgudek bo‘lsa, do‘stlarga shunday muomala qildimki, do‘stligi yanada ortdi, dushmanlarga esa shunday munosabatda bo‘ldimki, ularning dushmanligi do‘stlikka aylandi.

Dushmanning kulgani — siringni bilgani.

Dushmandan qo‘rqma, munofiqdan qo‘rq.

Og‘zingga qon to‘lsa ham dushman oldida tupurma.

Har qo‘lingni siqqan bilan do‘st, joningni siqqan bilan dushman bo‘lma!

Qush tilini o‘rgangan kimsa, qush hisoblanmaganidek ayni damda qushlarning dushmani va ovchisi hisoblanadi.

Dushmanlarga matonatni zohir qilish senga (lozim), o‘zingdagi sustlikni hech zohir etmagin, (u vaqtda) sen tahqirlanib qolasan.

Dushmanlarning hujumlari odamlarning ojiz tomonlarini bilib olishda menga yordam berdi.

“Mana Buyuklar” kanali