Jazolashdan ko‘ra kechirmaklik mardlikdir. Ojiz odam kechirolmaydi. Afv etish kuchlilar fazilatidir.

Image

Gandi

Moxandas Karamchand Gandi (1869, Gujarot viloyati — 1948.30.1, Dehli) — Hindiston milliy ozodlik harakati rahbarlaridan biri, taniqli mutafakkir. Hind xalqi uni "Mahatma" ("Buyuk qalb") deb ataydi. Uning nomi bilan bogʻliq boʻlgan gandizm taʼlimoti Hindistondagi asosiy hukmron partiya — Hindiston Milliy kongressining rasmiy mafkurasi hisoblanadi. 1887 — 91 yillarda Angliyada hukuqshunoslik boʻyicha maʼlumot oladi. 1891 yildan advokatlik vazifasida, 1893—1914 yillarda Jan. Afrikadagi (Angliya mustamlakasi) gujarot savdo firmasida huquqshunosmaslahatchi. Nataldagi olmos, koʻmir, oltin konlarida, shakarqamish plantatsiyalarida yollanib ishlayotgan hind dehqonlarining insoniy huquqlarini himoya qilib 22 yil kurash olib bordi. G. "satyagraxa" ("kuch ishlatmasdan kurashish") taktikasini ishlab chiqsi. U 1915 yildan Milliy kongress ishlarida faol katnasha boshladi. G. ingliz mustamlakachilariga qarshi tinch namoyishlar oʻtkazish, chet el tovarlarini boykot qilish, rasmiy mansab va unvonlardan voz kechish, soliq toʻlashdan bosh tortish kabi kurash usullari orqali mehnatkash ommani kurashga jalb etdi. G. bir necha marta qamalgan (1922—24, 1930—31,1942—44). G. hindular bilan musulmonlarning oʻzaro doʻstligini mustahkamlashga intildi. Kastachilikka qarshi kurashdi. G.ninghinduizmtya eʼtiqodi chuqur boʻlgan; boshqa dinlarga hurmat bilan qaragan. G. butun faoliyatida din bilan siyosatni bir-biriga bogʻlashga harakat qilgan. G.ning barcha dinlar hamkorligi va doʻstligi haqidagi gʻoyalari Hindistondagi reaksion unsurlarning gʻazabini keltirgan. Hindularning reakiion shovinistik tashkiloti aʼzosi tomonidan otib oʻldirilgan.

O‘xshashlari

Dushmanlarning hujumlari odamlarning ojiz tomonlarini bilib olishda menga yordam berdi.

Ojiz odamlarda ko‘pincha inqilobiy e’tiqod paydo bo‘ladi; ular agar bizni boshqarishmaganda, yaxshi bo‘lardi, deb o‘ylaydilar va na boshqalarni, na o‘zlarini boshqarishga qodir emasliklarini anglab yetmaydilar. Dafna butog‘i shon-shuhratdan ko‘ra ko‘proq azob-uqubat, iztirob ramzidir.

Yaxshi fazilat yolg‘iz bo‘lmaydi, albatta, uning qo‘shnisi ham bo‘ladi.

Mansabdor mol to'playdi, oqil esa - fazilat.

Bizning bor-yo‘q fazilatlarimiz fikrlarimizda mujassamdir. Shu bois biz fazo va vaqt bilan emas, balki fikrlarimiz bilan yuksalmog‘imiz lozim. Zotan, biz hech qachon fazo va vaqtni to‘ldirolmaymiz. Jo‘yali fikrlash axloqiylik ibtidosi.

Yosh bolaning juda kichik yoshidan boshlab tarbiyalamoq zarur. Tarbiya insonga o’zida yaxshi odat va fazilatlar xosil qilishga yordam beradi.

Инсон энг олижаноб фазилатлар соҳибидир

Дунёдаги ҳар бир катта-кичик касбнинг фазилатларини айтиб ўтиш учунгина ҳам биттадан роман яратса бўлади.

Hamma ibodatlarning eng fazilatlisi ilm bilan qo‘shilib kelganidir.

Fazilat, – ma`lum ma`noda o`rtalikdir, zero, doimo o`rtalikka intiladi

Samiymiylik va adolat har qanday fazilatning asosidir.

Халқнинг ғайрати, ақли ва яхши фазилатларига йўл очиб берувчи эркинликнигина қўллаб-қувватлаш керак.

Insonning haqiqiy fazilati kerak bo‘lgan chog‘ida, uni ish bilan ko‘rsatib, ishda isbotlagan taqdirdagina namoyon bo‘ladi.

Hamrohini mushkul yo‘lda tashlab ketgan odam hech yerda halovat topmaydi.

Odamlarni o'qitmay turib urushga jo'natish-ularga sotqinlik qilishning o'zginasi

Keksaygan odam yoshlik o‘tida yonolmaydi.

G‘azab irodasi kuchli odamga ro‘para kelolmaganidek, irodasi kuchsiz odamga ham ro‘para kelolmaydi.

O‘z vaqtida, me'yori bilan badantarbiya qilgan odamga dard yaqin yo‘lamaydi.

Одами эрсанг демагил одами, Ониким йўқ халқ ғамидин ғами.

Менга не ишқу, не ошиқ ҳавасдур, Агар мен одам ўлсам, ушбу басдур.

“Mana Buyuklar” kanali