Do‘stimki, dushmanimga do‘stlik qilarkan, uni men do‘st hisoblamayman. Zaharga qo‘shilgan shakardan ehtiyot bo‘l.

Image

Abu Ali Ibn Sino

Abu Ali ibn Sino (toʻliq ismi: Abū ‘Alī al-Husayn ibn ‘Abd Allāh ibn Sīnā al-Balkhī; arabcha: أبو علي الحسین بن عبدالله بن سینا) Oʻrta Osiyolik olim, faylasuf. 980-yilning 18-iyunida Buxoro yaqinidagi Afshona qishlogʻida tugʻilgan va 1037-yilning 16-avgustida Hamadonda vafot etgan. Gʻarbda Avitsenna (ingl. Avicenna) ismi bilan mashhur.

O‘xshashlari

O’zgaga qilgan muruvvatingni do‘stga ham, dushmanga ham maqtanma

Men dushmanlarimni do’stlarimga aylantirish orqali xonavayron qilaman

Нохуш хабарни чин бўлса ҳам дўстингга етказма; бировдан айб кўрсанг юзига солма. Қўявер, ўша чин хабарни душман етказсин ва сен сабр қил, у айб можаросини душмани қилсин.

Do‘stu dushman bilan murosayu madora qildim

Do‘st-dushmandan kimki menga iltijo qilib kelgudek bo‘lsa, do‘stlarga shunday muomala qildimki, do‘stligi yanada ortdi, dushmanlarga esa shunday munosabatda bo‘ldimki, ularning dushmanligi do‘stlikka aylandi.

Har qo‘lingni siqqan bilan do‘st, joningni siqqan bilan dushman bo‘lma!

Kimki aybsiz do'st axtarsa, uning do'sti kamayadi. Kimki do'stini xatosi uchun ayblasa, uning dushmani ko'payadi.

Agar do‘stlik savdo-sotiqqa o‘xshab, ehtiyojga qarab axtarilsa, zarurat tug‘ilmagan chog‘da do‘stni nazarga ilmay, tashlab ketilsa, bu qanday do‘stlik bo‘ldi endi!

"Zo'r" - "Yaxshi" ning dushmanidir.

O'z dushmanlaridan nafratlanish uchun insonning aqli yetarli bo'lishi kerak.

Donoga yondoshgil, qoch nodondan san, Hatto u xavflidir dono dushmandan.

Dushmanlaring bormi? Bu yaxshi. Bu hayotda nima uchundir kurashayotganingni anglatadi.

Odamlar bilmagan narsalariga dushmanlik ko’zi bilan qaraydilar.

Qaysi bir sipohiy tuz haqi va vafodorlikni unutib, xizmat vaqtida o‘z sohibidan yuz o‘girib, mening oldimga kelgan bo‘lsa, unday odamni o‘zimga eng yomon dushman deb bildim.

Dushmanning kulgani — siringni bilgani.

Dushmandan qo‘rqma, munofiqdan qo‘rq.

Og‘zingga qon to‘lsa ham dushman oldida tupurma.

Qush tilini o‘rgangan kimsa, qush hisoblanmaganidek ayni damda qushlarning dushmani va ovchisi hisoblanadi.

Sening qilayotgan ishlaringdan dushmaning ogoh bo‘lib, ulardan ko‘z yumishi senga ilon chaqqandan ko‘ra ham zararli va mashaqqatli bo‘ladi.

Dushmanlarga matonatni zohir qilish senga (lozim), o‘zingdagi sustlikni hech zohir etmagin, (u vaqtda) sen tahqirlanib qolasan.

“Mana Buyuklar” kanali