Siz haqingizda yomon gumonga boradigan kimsa sizni ko'zi bilan tanibdi, qalbi bilan emas.

Image

Jaloliddin Rumiy

Jaloliddin Rumiy hozirgi Afgʻonistonning Balx shahri (Xorazmshohlar mamlakati)da, sultonal ulamo laqabini olgan ulugʻ shayx Muhammad Balovaddin Valad xonadonida dunyoga kelgan. Balovaddin Valad Muhammad Xorazmshoh bilan kelisholmay, oilasi, muridlarini olib, Balxdan chiqib ketadi va Makka safaridan soʻng, Iroqu Ajam shaharlarini kezib, axiyri Turkiyaning Koʻniya (Konya) shahrida qoʻnim topadi. Saljuq sultonlari tarafidan izzat-ikrom bilan qabul qilingan Balovaddin Valad shu yerda muqim boʻlib qoladi. Bu orada moʻgʻul bosqini boshlanib, Movarounnahr va Xuroson oʻt ichida qoladi, Balxning toʻrt yuz ulamosi qatl qilinadi. Jaloliddin ota yurtiga qaytib kelmadi va oʻzini anatoliyalik hisoblab, Rumiy degan taxallus oldi.

O‘xshashlari

Yomon gumon qalbning g'iybatidir

Haqiqatni yomon ko'radigan odamlar uni dadil aytadiganlarni ham yomon ko'radilar

So‘zning yomoni amal qilinmay bekor ketganidir.

Бордур инсон зотида онча шараф, – Ким ямон ахлоқин этса бартараф.

Бўлса керак фикр ила шоҳи замон, Яхшига яхшию, ёмонга ёмон.

Yomon so'zki kelib jong'a urgay, ki jondin ham o'tub imong'a urg'ay

Одамнинг ёмони бўлмайди. Биров тош, биров гул, ўз жойида иккови ҳам яхши.

Menga yomonlik qilib, boshim uzra shamshir ko‘tarib, ishimga ko‘p ziyon yetkazganlarni ham iltijo bilan tavba-tazarru qilib kelgach, hurmatlab yomon qilmishlarini xotiramdan o‘chirdim. Martabalarini oshirdim. Ular bilan muomalada shunday yo‘l tutdimki, agar xotiralarida menga nisbatan shubhayu qo‘rquv bo‘lsa, unut bo‘lardi.

Qaysi bir sipohiy tuz haqi va vafodorlikni unutib, xizmat vaqtida o‘z sohibidan yuz o‘girib, mening oldimga kelgan bo‘lsa, unday odamni o‘zimga eng yomon dushman deb bildim.

Yaxshi odam yurt tuzar, yomon odam yurt buzar.

Kitob bizning hozirgi hayotimizdir. Unga hamma muhtoj,… bolalar ham. Hamma gap ular uchun kitob tanlashda, biz hammadan oldin nomunosib tanlangan kitoblarni o‘qish hech narsa o‘qimagandan ko‘ra yomonroq va zararliroqdir, degan fikrga qo‘shilamiz

Be’mani hayot kechirish – yomon turmush kechirish emasdir, ammo sekin-asta o‘lishdir.

Yaxshi qaror - tajriba samarasi. Tajriba esa - yomon qarorlar samarasi.

Эng yomon kishilar ilmga amal qilmaydigan kishilar-dir. Agar tarbiya qiluvchi muallim olim bo`lib amalsiz bo`lsa, bu shogirdlar axloqiga yomon ta`sir ko`rsatadi.

Yomon nafs — yirtqich qushdir.

Yaxshi narsa haqida tafakkur etish unga amal qilishga undaydi, yomon narsa haqida o‘ylash undan qochishga undaydi.

Ustod yovvoyilar orasiga borib yashashni ixtiyor etdi. Birov aytdiki: — Bunga yo‘l qo‘ymaymiz! Ular yomon odamlar! Ustod shunday debdir: — Bu qanday gap? O‘zing yaxshi bo‘lsang, yomon nima qilsin?

Odamzod yomon o‘yinchoqlar peshidan yugurishni tark etmagan bolaga o‘xshaydi..

Eng yomon narsa insonga bo‘lgan ishonchning yo‘qolishi: mengami, sengami yoki ungami — farqi yo‘q.

Ulug‘lik insonga eng yomon hodisalarni yaqinlashishiga yo‘l qo‘ymaydigan bir matonatni jamlovchi kuchdir.

“Mana Buyuklar” kanali