Menga iltijo qilib kelgan badkirdor odamlar, xoh menga yaxshilik qilgan bo‘lsinlar, xoh yomonlik, saltanat taxtiga o‘tirganimdan keyin ularni xayr-ehsonlarim bilan xijolatga qo‘ydim. Menga qilgan yomonliklarini qilmagandek ko‘rib, ularni yomon qilmishlari daftari ustiga afv qalamini tortdim.
Agar ayol sening savolingga javob bersa - unga ishonma; agar jim tursa - undan ham ko‘proq ishonma. (Kornel Makushinskiy)
Bir vaqtlar kitoblarning taqchilligi ilmning o‘sishiga ziyon yetkazar ekan. Hozir esa uning ko‘pligi odamni garang qilib, shaxsiy mulohaza yuritishingga xalal beradi.