Hayo - insonning abadiy go‘zalligi va latofatidir. Hayosiz yuz jonsiz jasadga o‘xshaydi.

Bu dunyoda abadiy qolmoq mumkin emas biroq yaxshi nom qoldirmoq katta saodatdir.

Ruh — abadiy. U jism bo‘lgandan keyin ham mavjud bo‘lib qolaveradi.

Yuzlab ish joylar taqa-taq yopilib qoladi. Ammo... o‘lim ishi taqa-taq yopilmaydi! Dunyoda hamma shtat qisqaradi. Ammo... o‘lim qisqarmaydi! Dunyoda hamma narsa tamom bo‘ladi. Ammo o‘lim tamom bo‘lmaydi! O’lim mangu yashaydi! O’lim barcha tuzumlar uchun abadiydir! Yashasin, o‘lim!

Qalamning abadiy izlari bo‘lmaganda, xalqlarning xabarlarini qaydan bilar edik?!

Abadiy yashayman deb xomtama bo’lmang. Baribir bunga vaqtingiz yetmaydi.

Bandaning boshi - Allohning toshi deydilar. Boshingga ko'rgulik tushsa, noumid bo'lma: bulut o'tkinchi, quyosh esa abadiydir.

Bir marta o‘qishni o‘rgansangiz, abadiy ozod bo‘lasiz.

“Mana Buyuklar” kanali