Ey do’st, darding nima bo’lsa bo’lsin, Umiding har zamon Alloh bo’lsin.

Yaxshilik va osoyishtalikda barcha senga do‘st-birodar bo‘lar. Dard va g‘amda, Allohdan boshqa kim yaqining bo‘lar?

Alloh sening yuzingni xunuk qilib yaratgan bo‘lsa, o‘zinga kel, ham yuzi xunuk, ham odobi xunuk bo‘lib o‘tma.

Qalb osoyishtaligi - Allohni tanish bilan vujudga keladi. Biz alhol "baxt" deb o'ylayotgan boylik, mansab, hatto oila quvonchi - barchasi o'tkinchidir. Allohni taniy olgan kishining baxtigina boqiydir.

Ruh — shamchiroqqa, bilim — ana shu shamchiroqdan taralayotgan yog‘duga, Allohning zakosi — moyga o‘xshaydi. Shamchiroq yonishdan to‘xtamas ekan — sen tiriksan. Agar u o‘chsa — sen halok bo‘lasan.

Мен дардимни на дўстимга ва на душманимга айтаман. Зеро дўстим хафа бўлса, душманим севинади. Менинг ҳолимни энг яхши биладиган Аллоҳимдир.

Sizlar xohlagancha ilm o‘rganaveringlar. Allohga qasamki, amal qilmaguningizcha Alloh sizlarga uning uchun ajr bermaydi. Ahmoqlar himmati rivoyat qilish, ulamolar himmati rioya qilishdir.

Aqli yetuk insonning olti xislati bor: uchtasi uyida va uchtasi safarda bilinadi. Uyidagisi - tilovati Qur'on, masjidni obod qilmoq, Alloh uchun do'st tutinmoq. Safardagisi - borini o'rtaga tashlashi, husni xulq va gunoh bo'lmaydigan so'zlar bilan hazillashmoq.

Odobidan mahrum bo‘lgan Allohning lutfidan ham mahrum bo‘lur.

Kimki Allohdan qo‘rqsa (taqvo qilsa), Alloh uni saqlaydi. Kim Allohdan umid qilsa, Alloh uni noumid qilmaydi. Kimki Alloh yo‘lida ehson qilsa, Alloh uning o‘rnini to‘ldiradi. Shuning uchun taqvoni qalbing tayanchi, diydang jilosi qil! Zero, niyatsizning amali, ezgusizning ajri bo‘lmas!

Alloh uchun gulxanga tushirilish bordir, lekin gulxanga otilmasdan Ibrohimdekmisan yoki yo‘qmi shuni aniqlab ol. Chunki gulxan Ibrohimlarni biladi va ularni yoqmaydi.

Ne'matlarning eng yaxshisi-harakat qilib erishilgani. Do'stlarning eng yaxshisi-Alloh taoloni eslatgani. Qalblarning eng nurlisi-ichida mol-dunyo sevgisi bo'lmagani.

"Sizdan biringiz: Allohim, xohlasang meni afv et. Xohlasang, menga rahm qil,-demasin. Allohdan istagini aniq (qat'iy) so'rasin. Chunki Allohni majburlovchi quvvat yo'q".

Аллоҳ томон юришинг шарти, фаришталар поклигида бўлишинг эмас. Тийнатинг юки ва оғирлиги ила юр олдинга! У эмаклаб бўлса-да Ўзига келишингни севади.

Kishining olim bo‘lishiga Alloh taolodan qo‘rqmog‘i, ilmsiz qolishiga esa amaliga mag‘rurlanishi kifoya qiladi.

“Mana Buyuklar” kanali