Tarbiya uch qismdan iborat: badan tarbiyasi, aqliy tarbiya va axloq tarbiyasi.

Adab kichik yoshlig‘larni ulug‘lar duosig‘a sazovor etar.

Tarbiyani tug`ilgan kundan boshlamoq, vujudimizni quvvatlantirmoq, axloqimizni kuchlantirmoq, zehnimizni rivojlantirmoq lozim

Haqiqat mantiq ilmidan talab qilinsin! Ichki quvvatlarning ta’sirlari va ta’sirlanishlari takrorlanaversa, ular uchun kuchli bir malaka hosil bo‘ladi. Axloq ham shunday vujudga keladi.

Kim fanda ilgarilab, axloqda oqsasa, u oldinga emas, ko'proq orqaga ketadi

Бордур инсон зотида онча шараф, – Ким ямон ахлоқин этса бартараф.

Odamlarga inson tabiati, tajribasi, idrokiga asoslangan insoniy axloq kerak.

Axloq baxtli bo‘lishga o‘rgatmaydi, u baxtga loyiq bo‘lishga o‘rgatadi.

Har qanday jiddiy mehnat axloqimizga ta’sir o’tkazadi. Diqqatimizni topshirilgan ishni bajarish uchun jamlashga bo’lgan urinishimizni ruhiy olamimizga tashlangan toshga o’xshatish mumkin. Tosh kelib tushgach, birinchi doira kichik bo’ladi, keyingilari esa o’z-o’zidan kattalashib boradi.

Hatto qaroqchilar to‘dasi ham to‘da bo‘lib qolishlari uchun qandaydir axloq talablariga rioya qilishlari shart.

Adolat - odil bo‘lish, zolim bo‘lmaslik, nohaqlik qilmaslik juda ahamiyatli go‘zal axloq turlaridan hisoblanadi.

Fizikada oqibat sababga teng. Axloqda ham shunday.

“Mana Buyuklar” kanali