Завқ ва орзулар зинапояга ўхшайди. Зиналар ўтириб, дам олишга мослашмаган. Умрни шу зиналарда беҳуда ўтказмаслик учун ғофилликдан тез уйғонган ва ҳаётнинг моҳиятини тўғри англаб етган одам нақадар бахтли!

Muhammad payg‘ambar alayhissalomning tutgan yo‘llari mening yo‘limdir, baxtu saodatim ham, najotim ham shu yo‘ldir.

Kishi o`zganing baxtidan baxt topsa, u haqiqiy yashagan hisoblanadi.

Qalb osoyishtaligi - Allohni tanish bilan vujudga keladi. Biz alhol "baxt" deb o'ylayotgan boylik, mansab, hatto oila quvonchi - barchasi o'tkinchidir. Allohni taniy olgan kishining baxtigina boqiydir.

Inson yuksak kamolotga erishuv yo'lida harakat qilganidek, aqliy bilimini oshirishga ham harakat qilsa, hech shubhasiz o'zi orzu qilgan baxt-saodatga erishadi

Baxt shunday narsaki, borligida uni kishi sezmaydi, yo‘qligida orzu qiladi. Baxtli odam «men baxtliman» deb olamga jar solmaydi. Inson hech qachon baxtga to‘ygan, baxtim yetarli, degan emas.

Bilim bilan saodat yo’li ochiladi, shunga ko’ra, Ilmli bo’l, baxt yo’lini izla.

Baxt – har bir inson intiladigan maqsad, zero u muayyan komillik hisoblanadi»

Inson, hayotida qilgan yaxshiliklari qadar baxtli bo'ladi.

Eng baxtli inson - boshqalarning baxtiyorligidan o'ziga ulush chiqargan odam

Baxtning bir eshigi yopiqligi, boshqasi ochiq ekanligining nishonasi. Ammo yopiq eshikdan boshqasini ko‘rmaydigan insonga ochiq turgan baxt eshigi ham yordam bera olmaydi.

Axloq baxtli bo‘lishga o‘rgatmaydi, u baxtga loyiq bo‘lishga o‘rgatadi.

Harakatsizlikda baxt yo'q.

Biz nimani izlaymiz? Xotirjamlik, baxtnimi? Biz qanchalar dahshatli va jirkanch bo’lmasin, haqiqatni izlaymiz.

Baxt - o'tmishda yo'qotilgan yoki kelajakda kelishi mumkun bo'lgan narsa emas. Baxtni ayni paytda his qiling!

“Mana Buyuklar” kanali