Aql tarozusida tortib ko‘rilmagan har qanday bilim asossizdir. Shu bois mantiq ilmini o‘rganmoq juda muhim.

Bilim odamiing ijodiy maqsadlariga xizmat etmog‘i lozim. Bilim orttirishning o‘zi kifoya emas, uni iloji boricha keng yoymoq va hayotga tatbiq etmoq zarur.

Bilagi zo'r birni yiqar, bilimi zo'r - mingni.

Bilim — kuch? Kuch esa bilimdadir.

Hech kim sizdan aqlli emas, hech kim sizdan kuchli emas. Shunchaki ular sizdan ancha vaqtliroq boshlashgan.

Bilim qaytarish va takrorlash mevasidir.

Ustod debdir: — Bilimni ona qornidan olib tushmaganman; O‘tmish qonimda-yu, o‘qishdan to‘xtamasman!

Ruh — shamchiroqqa, bilim — ana shu shamchiroqdan taralayotgan yog‘duga, Allohning zakosi — moyga o‘xshaydi. Shamchiroq yonishdan to‘xtamas ekan — sen tiriksan. Agar u o‘chsa — sen halok bo‘lasan.

Ayniqsa, vaqtni boy berish bilimdon odamga qimmatga tushadi

Bilim bilan saodat yo’li ochiladi, shunga ko’ra, Ilmli bo’l, baxt yo’lini izla.

Bilimning yagona manbai - tajribadir.

Tasavvur(Xayol) - ilmdan muhimroq.

Bolaga kichkinaligida bilim ber, yaxshi ishlari uchun mukofotla, yomonlarining yomonligini o‘zlariga tushuntir.

Chala bilim egasi bo‘lishdan ko‘ra, bilimsizlik afzalroqdir.

Bilimim shu joyga yetib keldiki, bilimsizligimni endi tushundim.

“Mana Buyuklar” kanali