Tarbiya-pedagogika, ya’ni bola tarbiyasining fani demakdir. Bolaning salomat va saodati uchun yaxshi tarbiya, tanni pok tutmoq, yosh vaqtida maslakni tuzatmoq, yaxshi xulqlarni o‘rgatmoq tabiblardek kabidurki, tabib xastaning badanidagi kasaliga davo qilg‘oni kabi tarbiyachi bolaning vujudidagi jahl markaziga “yaxshi xulq” degan davoni ichidan, “poklik” degan davoni ustidan berib katta qilmog‘i lozimdir.

Yosh bolaning juda kichik yoshidan boshlab tarbiyalamoq zarur. Tarbiya insonga o’zida yaxshi odat va fazilatlar xosil qilishga yordam beradi.

Tug`ib tashlash bilan bo`lmas bola, bo`lg`ay balo sizga, Vujudi tarbiyat topsa bo`lur ul rahnamo sizga Temirchining bolasi tarbiyat topsa, bo`lur olim, Buzilsa xulqi, Luqmon o`g`li bo`lsa, bo`lg`usi zolim.

Baxtiyor va tabassum qilayotgan bolani ko‘rishdan ham ulkanroq quvonch yo‘q. Men doim qo‘limdan kelganicha, kezi kelganida dastxatlar ulashib bolalarga shodlik ulashishga urinaman. Bolaning kulgisi dunyodagi jamiki boylikdan qimmat.

Agar bolalardagi sho’xlikni o’ldirsangiz, siz hech qachon donolarni yetishtira olmaysiz.

Bolaga kichkinaligida bilim ber, yaxshi ishlari uchun mukofotla, yomonlarining yomonligini o‘zlariga tushuntir.

Bolaga yomon so‘zlar aytishingiz uni aka-ukalari va siz bilan ham xuddi shunday muomala qilishga o‘rgatadi.

Hatto bulbul ham bola ochganidan keyin sayrashni bas qilib, polaponlariga yemish tashiydi.

Odamzod yomon o‘yinchoqlar peshidan yugurishni tark etmagan bolaga o‘xshaydi..

Bezori – jaholatda qoldirilgan bolaning ulg`ayganidir.

“Mana Buyuklar” kanali