Boy odamlarning eng katta siri shundan iboratki, ular boylik nima bilan o'lchanishini bilishadi. Boylik pul bilan o'lchanmaydi, boylik vaqt bilan o'lchanadi.

Qalb osoyishtaligi - Allohni tanish bilan vujudga keladi. Biz alhol "baxt" deb o'ylayotgan boylik, mansab, hatto oila quvonchi - barchasi o'tkinchidir. Allohni taniy olgan kishining baxtigina boqiydir.

Eng katta boylik — bu qanoat.

Kitob — boylik. Lekin sotib olingani emas, o‘qilgani.

Baxtiyor va tabassum qilayotgan bolani ko‘rishdan ham ulkanroq quvonch yo‘q. Men doim qo‘limdan kelganicha, kezi kelganida dastxatlar ulashib bolalarga shodlik ulashishga urinaman. Bolaning kulgisi dunyodagi jamiki boylikdan qimmat.

Nafsni tiyishni ham o‘rganish kerak, aks holda, bir kun kelib, u bizni “tiyib” qo‘yishi mumkin. Chunki nafs nafaqat yeyish-ichishga bo‘lgan maylni, balki boylikka, amalga yoki shon-shuhratga bo‘lgan ishtiyoqni ham alanga oldiradi.

Allohdan boylik so‘radim. U menga Islomni berdi.

Boylikni topishibdi-yu aql-idrokni yo‘qotishibdi. Ajabo, topgan narsalari bilan yo‘qotgan narsalarining bahosi bir xilmidi?

Ozodlik, shunday boylikki, hammayam unga erisholmaydi.

Mol-mulkni behuda isrof qilish kufrona «ne’matdir», o‘ylamasdan boyligini sarflash to‘liq tanazzulga olib keladi.

Jiddiy jismoniy tarbiya bilan shug’ullanish salomat bo’lish imkoniyatini oshiradi, jiddiy aqlingizni mashq qilish esa boy bo’lish imkoniyatingizni oshiradi

Hukumat rahbarida quyidagi 12 ta tug‘ma sifatlar jam bo‘lmog‘i joiz: xushbichimlik, fahm-farosatlilik, o‘tkir xotira, idroklilik, so‘zga chechanlik, ilmga chanqoqlik, har bir ishda me’yorni saqlay bilish, halollikka muhabbat va yolg‘onga nafrat, olijanoblik, boylikka nafrat, adolatparvarlik, qat’iylik.

Boylik ehson qilinsa - izzat, berkitilsa - xorlik keltiradi.

Agar oilaning baxtini boylik belgilaganda edi, bironta boy xonadonda oilaviy janjal ko'tarilmas edi.

Boylik - hayotimizdagi eng muhim narsa emas.

“Mana Buyuklar” kanali