Agar hozir (biron narsani) bilmasalaring, uyat emas! Kurslarga boringlar, 2-3 oymi, o'rganinglar. Agar bugun o'rganmasak, ertaga kech bo'ladi!

Chim (o‘t o‘lan) kecha oyoqlarim ostida edi, bugun esa ustimda turibdi. Ko‘rayapsanmi, tuproq gunohlardan boshqa har narsani berkitadi?

Dunyo hayoti uch kun: kecha, bugun, erta. Kecha o'tdi, ertaning bo'lishi noma'lum. Shunday ekan, bugungi kunni qadrlash lozim.

Kecha – o‘tmish, erta – mavhum, hozir atalmish bugun esa – Xudoning mukofotidir.

Bugun boshlanmagan ish, ertaga tugamaydi .

Umringning so'ngida qanday yashashni istasang, shu bugunoq shunday yashashni boshla.

Tunu kunni o‘tkazaman-u, lekin bugungi kunim kechagi kunimdan yaxshiroq bo‘lmayotir, chunki zamona kundan-kunga halokatga tomon bormoqda, shunday ekan, kechagi kun bugungidan avloroq, bugungi kun esa ertagidan yaxshiroqdir.

Bugunning chorasini ko‘rib ertaga ehtiyoji qolmagan kishi aqllidir.

Siz ertangi taqdirni hattoki dono bo‘lsangiz ham oldindan bila olmaysiz; shunday ekan, bugungi kunni bekor o‘tkazmang, zero u mudom qaytib kelmaydi.

Bugunning ilm-fani - ertaning texnologiyasidir.

Qishloq xo'jaligini tubdan o'zgartirish - bugun xayotimizni o'zgartirish demakdir.

“Mana Buyuklar” kanali