Tarbiya-pedagogika, ya’ni bola tarbiyasining fani demakdir. Bolaning salomat va saodati uchun yaxshi tarbiya, tanni pok tutmoq, yosh vaqtida maslakni tuzatmoq, yaxshi xulqlarni o‘rgatmoq tabiblardek kabidurki, tabib xastaning badanidagi kasaliga davo qilg‘oni kabi tarbiyachi bolaning vujudidagi jahl markaziga “yaxshi xulq” degan davoni ichidan, “poklik” degan davoni ustidan berib katta qilmog‘i lozimdir.

Matematika fanlar ichra shoh, uning sirlaridan bo’lingiz ogoh!

Agar matematika go’zal bo’lmaganda edi, ehtimol matematikaning o’zi ham mavjud bo’lmasdi. Aks holda qanday kuch, insoniyatning buyuk daholarini bu qiyin fanga torta olardi.

Matematika - barcha fanlar eshigi va kalitidir.

Matematika shunday tilki- barcha aniq fanlar shu tilda gapiradi.

Kim fanda ilgarilab, axloqda oqsasa, u oldinga emas, ko'proq orqaga ketadi

Vaqti kelib fan xayoldan o'zib ketadi

Kimgaki ish bo‘ldi qanoat fani, bilki, ani qildi qanoat g‘aniy.

Donishmadlik – fanlarning eng anig’i.

Maktabda ikkita asosiy fan bor-ona tili va geometriya. Biri kishini o’z fikrini tushunarli bayon qilishga , ikkinchisi -deduktiv fikrlashga o’rgatadi.

Qiyin fanlar yo'q, faqat hazm etilishi qiyin bo'lgan izohlargina bor.

Yulduzlar hukmiga oid ilm-matematik fanlarning eng yaxshi mahsulidir.

Asosi bo’lmagan fandan voz kechsa ham bo’ladi.

“Mana Buyuklar” kanali