Бўлса керак фикр ила шоҳи замон, Яхшига яхшию, ёмонга ёмон.

Garchi ishning qanday yakunlanishi takdir pardasi ortida yashirin bo‘lsa ham, aqli raso va hushyor kishilardan kengashu tadbir istab, fikrlarini bilmoq lozimdir.

Oddiy fikrla, oddiy qabul qil va oddiy yasha! Chunki haqiqat ham juda oddiydir

Afzallik istasang, hech kimdan afzallik da’vo qilma, mum va malham bo‘lu jarohat bo‘lma! Birovdan senga yomonlik yetishini istamasang, yomon so‘zli, ­fikri buzuq, yomonlikni targ‘ib qiluvchi bo‘lma!

Fikr agar yaxshi tarbiyat topsa, Xanjar, olmosday bo’lur o’tkir.

Odamlarning seni bilmaganligiga xafa bo‘lma, balki o‘zing odamlarni bilmaganliging uchun xafa bo‘l.

Dadil fikrlar shashka o‘yinidagi oldingi qator donalari vazifasini bajaradi: ular halok bo‘lsa-da, g‘alabani ta’minlaydi.

Bizning bor-yo‘q fazilatlarimiz fikrlarimizda mujassamdir. Shu bois biz fazo va vaqt bilan emas, balki fikrlarimiz bilan yuksalmog‘imiz lozim. Zotan, biz hech qachon fazo va vaqtni to‘ldirolmaymiz. Jo‘yali fikrlash axloqiylik ibtidosi.

Kitob bizning hozirgi hayotimizdir. Unga hamma muhtoj,… bolalar ham. Hamma gap ular uchun kitob tanlashda, biz hammadan oldin nomunosib tanlangan kitoblarni o‘qish hech narsa o‘qimagandan ko‘ra yomonroq va zararliroqdir, degan fikrga qo‘shilamiz

Ilm fikrning xos mevasidir. Agar qalbda ilm hosil bo‘lsa, holati o‘zgaradi, holati o‘zgarsa, a’zolarning amali o‘zgaradi. Bas, amal holatga, holat ilmga, ilm fikrga tobe’dir.

Kek aslida aziyat bergan narsaning fikrda takrorlanishi bilan hamda undan o‘ch olish orzu-hayolining takrorlanishi bilan paydo bo‘ladi. Uning paydo bo‘lishiga g‘azabning bir qadar davom etishi ham sabab bo‘ladi.

Istak — fikrning otasi.

Har kimdan kengash oldim, har kimdan fikr o‘rgandim, qaysi biri foydaliroq bo‘lsa, uni ko‘ngil xazinasida saqlab, ishlata bildim.

Oldin tinchlik, keyin taraqqiyot; oldin iqtisod keyin erkinlik - bular o’tkinchi fikrlar, reallikka mos kelmaydi

Kuzatishlarning turlichaligi emas, balki davrlarning turlichaligi ahmoqlar asoslanadigan fikrni rad etishga yetarli dalil va eng kuchli yordamchidir.

“Mana Buyuklar” kanali