Hammaning fikri bir xil bo'lgan joyda fikrlash bo'lmaydi.

Biz nihoyatda ko'p o'ylaymiz-u, juda oz anglaymiz.

Uchta ishing sen haqingda do'stingda yaxshi fikr hosil qiladi: uni salom bilan qarshi olishing, majlisda joy berishing, u yaxshi ko'radigan ismlar bilan uni chaqirishing.

Fikrlaringizga ehtiyot bo'ling - ular qilmishlaringiz ibtidosidir.

Sog‘lom fikr o‘n sakkiz yoshga to‘lguncha egallangan tushunchalarning yig‘indisidir.

O‘qituvchining butun fikri o‘quvchilarida, o‘zi sochgan urug‘larning o‘sishidadir.

Bayon — inson fikriga kelgan ma’noni yaxshi ifodalanishidir.

Maktabda ikkita asosiy fan bor-ona tili va geometriya. Biri kishini o’z fikrini tushunarli bayon qilishga , ikkinchisi -deduktiv fikrlashga o’rgatadi.

Fikrimcha, qo'rslikning ham, jur'atsizlikning ham manbai bitta-bilimsizlik.

Qarama-qarshi fikrlar o‘rtasida haqiqat yotadi deydilar. Bo‘lmagan gap! Ular o‘rtasida muammo yotadi.

Fikr tarbiyasi eng kerakli, ko’p zamonlardan beri taqdir qilinub kelgan, muallimlarning diqqatlariga suyalgan muqaddas bir vazifadur.

Ёмон фикр соҳиблари ҳам, куфрони неъмат қилувчилар ҳам ёввойи қобонлар мисоли Аллоҳ таолонинг мағфиратидан йироқдирлар.

Тарихни ўз бошидан кечириб кўрмагунча ҳеч ким тарих ҳақида сўз очолмайди. Бутун миллатлар ҳақида ҳам худди шундай фикрни билдириш мумкин. Олмонлар ўзлари адабиётга эга бўлган даврдан бошлабгина адабиёт ҳақида гапира оладилар.

Сен менга бир сўм бер, мен сенга бир сўм бераман. Иккаламизда ҳам ҳеч нарса ўзгармайди. Сен менга бир фикр айт, мен сенга бошқа фикр айтаман. Иккаламизда ҳам иккитадан фикр бўлади.

Бир одамнинг фикри битта ипга ўхшайди, узилиши мумкин. Икки фикр эса қўшалоқ ипга ўхшайди. Учтаси эса узиш қийин арқонга ўхшайди.

“Mana Buyuklar” kanali