Fikr tarbiyasi eng kerakli, ko’p zamonlardan beri taqdir qilinub kelgan, muallimlarning diqqatlariga suyalgan muqaddas bir vazifadur.

Boshqalarning fikrini o‘ylab o‘tirgandan ko‘ra o‘z ustingda ko‘proq ishla.

Mutafakkirlarning fikrlari bilan tanishish miya uchun tengsiz mashq: aqlga aql qo‘shadi va fikrni charxlaydi.

Tushuncha ziddi bilan butundir. Zid fikrlarga quloqni berkitmoq, o‘zni xatolarga mahkum etmoqdir.

Insondagi eng asl qobiliyatlardan biri-matematik fiklay olishidir.

Agar hunarmand o‘z mahorati haqida mubolag‘a qiladigan bo‘lsa, uning tabiati tamagirlikka yuz tutadi. Madrasada bahslashayotgan odamlar manmanlik ila suhbatga kirishadilar. Biri bunisini fikrini inkor etadi, boshqasi unisini. Har biri o‘z fikrini va o‘zinigina tan oladi.

Har bir kuningizni ijobiy fikr va minnatdor qalb bilan boshlang.

Ғоялар осон. Лекин уни амалга ошириш машаққат.

Билимсизлик аслида бутпарастликдир. Чунки у фикр пайдо қилмайди, балки юкинадиган санамлар ясайди.

Yaxshi fikrga ega bo‘lishning eng zo‘r yo‘li bu - ko‘p fikrlarga ega bo‘lishidir.

Fikr - bu gullash, so‘zlar - gul tugunchasi, harakatlar esa - hosil bo‘lgan mevadir.

“Mana Buyuklar” kanali