Oddiy fikrla, oddiy qabul qil va oddiy yasha! Chunki haqiqat ham juda oddiydir

Haqiqat mantiq ilmidan talab qilinsin! Ichki quvvatlarning ta’sirlari va ta’sirlanishlari takrorlanaversa, ular uchun kuchli bir malaka hosil bo‘ladi. Axloq ham shunday vujudga keladi.

Haqiqatni ochinglar, to‘g‘ri yo‘ldan yuringlar. Bir-biringizdan ilm o‘rganib, kamol topishingiz uchun dil pardasini ochib tashlanglar.

Haqiqat va adolat bilan to‘g‘ri siyosat yurgizmagan har bir rahbar va boshliq qattiq azob-uqubat va baloga giriftor bo‘lur.

Biron bir haqiqat yo'qki, uni butun bir insoniyat birdek qabul qilsa!

Agar kimdir yangilikdan so‘z ochsa, odamlar bor kuchi bilan unga qarshilik qiladi. Ular o‘zlarini bamisoli kar-soqovdek tutishadi, yangicha qarashga nafrat bilan munosabatda bo‘lishadi, shu tarzda yangi haqiqat o‘ziga yo‘l topishiga uzoq vaqt zarur bo‘ladi.

Quyosh nurlarini berkitib bo’lmaganidek, haqiqatning chirog’ini ham so’ndirib bo’lmaydi.

Agar xalqda buyuk islohotga ehtiyoj haqiqatan ham paydo bo‘lgan bo‘lsa, xudo ham uning tomonida bo‘ladi va muvaffaqiyat unga yor bo‘ladi.

Aflotun – do’st, lekin haqiqat ulug’roqdir.

Kim matematikani bilmasa, haqiqatni bilmaydi. Kim uni tushunmasa zulmatta yashaydi. (

Haqiqatni yomon ko'radigan odamlar uni dadil aytadiganlarni ham yomon ko'radilar

Hayot beshavqat – bu haqiqatga ko‘nikish zarur.

Kimki ko‘p narsani talab qilsa va murakkablikdan huzur qilsa, bunday odam adashishlarga boshqalardan ko‘ra ko‘proq moyildir. Foydali xatodan zararli haqiqatni afzal bilaman: haqiqat, balkim, o‘zi keltirib chiqargan og‘riqni da’volaydi.

Ko`pgina buyuk haqiqatlar avvaliga masxaralangan.

Jaholat Haqni va haqiqatni ko‘rmaslikdir.

“Mana Buyuklar” kanali