Ustod so‘zicha, himmat egasi to‘qqiz sifatni orzu qiladi: — Ko‘zi o‘tkir, qumquloq bo‘lsa, yuzi kulib tursa, harakatida barakat, ishi pishiq, lafzi toza bo‘lsa, ikkilanganda so‘rashdan iymanmasa, qahri qo‘ziganda oqibatini o‘ylasa, ko‘nglida adolat oftobi bo‘lsa, paytida foydani bilsa…

Qalb tirikligi nafsni o‘ldirish ­bilandir. Doimo himmatli bo‘lki, himmat ­ishlarning quvvati va manbasidir.

Ulamo bilan suhbatda bo‘l va pok niyatli, toza qalbli kishilarga talpin. Bularning himmatlaridan ulush tilanib, muborak nafaslari bilan duo-fotiha berishlarini iltimos qil.

Olijanob va himmatli odamning «go‘shtini» hasad ahli «eydi», go‘yo qurt-qumursqalar arslon bolasini yegani misoli.

Бийиклик келди ҳимматдин нишона, Ки, ҳимматсизни паст этди замона.

Ustod aytibdir: — Qashshoq o‘ktam kelsa, Qulga o‘t tekkani shul! Eldan himmat ketsa, Yurtga o‘t ketgani shul!

Kimda bo‘lsa himmati oliy agar, Kiritar qo‘lga u har neki tilar.

O‘z va’dasida turmagan, turli-tuman vaj-karsonlar ko‘rsatuvchi kimsa hech qachon mard va himmatli inson bo‘lolmaydi.

“Mana Buyuklar” kanali