Ilm — narsalarning inson aqli yordami bilan o‘rganilishidir.

Ilmning hammasi dunyodir. Oxirat esa unga amal qilishdir. Ixlos bi lan qilinganidan boshqa hamma amal behudadir.

Ilm egallashni xohlasang, gunohga qo'l urma

Дарёларнинг доимо денгизга қуйилиши унинг сувига таъсир кўрсатмаганидек, амал ва лаззат — ҳақиқий илм олувчига таъсир кўрсата олмаслиги керак

Илм ҳаё билан кибр орасида йўқ бўлиб кетади.

Ilmga yetgan oyoq qanotga aylanur.

Ilmiga amal qilmagan olim johillar qatoriga kiradi.

Йигитликда йиғ илмнинг махзани, Қарилик чоғи сарф қилғил ани

Ilmu ma’rifatli odam takabburlik qiluvchi doimo nodon kimsalarning burnini to‘zon-tuproqqa to‘ldirur.

Ҳар бир олим ўз муҳокамасида амалиётга асосланиши, ўз тадқиқотида аниқ бўлиши, тўхтовсиз меҳнат қилиши, хатоларини қидириб тузатиши, илмда ҳақиқат учун ҳар хил уйдирма, юзакичиликка қарши кураш олиб бориши зарур.

Ilmlarning eng zaruri nokerak narsalarni unutish ilmidir

Илм - ёдлаб олинган нарса эмас. Илм - сени яхши тарафга ўзгартирган нарсадир.

Ilm ko'p rivoyat qilish emas, ko'p taqvo qilish bilan bo'ladi.

Faxrlanish haqiqatda yaxshi xulqlar va oliy fe’llarda oldin ketish, ilmu hikmatni egallash va imkoniyat boricha mavjud (nopokliklardan) tozalanishdir.

Ilmni amal uchun o‘rganinglar. Aksar odamlar ilmlari tog‘dek, amallari zarradek bo‘lib qolib, yanglishishadi.

“Mana Buyuklar” kanali