Билимлилик орқали нодонлик кўтарилади, азоб-уқубат бўлган шак-шубҳа ўрнига илм натижасида аниқлик киради.

Yulduzlar hukmiga oid ilm-matematik fanlarning eng yaxshi mahsulidir.

Odamidur ilmu donish birla odam, yo’q esa, Jumlai hayvongadur yakson qadu ruxsoru lab.

Ustod ta’biricha: — Eskini e’zozlab, yangiga yetgan, — Ilmda muallim o‘rniga o‘tgan.

Ilm olishda qiynaldim, bir oz xorlandim, tilagim hosil bo‘lgach, azizu mukarram bo‘ldim.

Kechaning bir qismida ilm muzokarasi bilan mashg‘ul bo‘lish menga kechani butunlay bedor o‘tkazishdan mahbubroqdir.

Qalbga uch kun ilm berilmasa u o'ladi.

Gunoh qilish ilmning barakasini yo‘qotadi, uni unutishga olib keladi.

Ilm uch narsadan iboratdir: zokir til, shokir qalb va sobir badan

Hamma ibodatlarning eng fazilatlisi ilm bilan qo‘shilib kelganidir.

Илм ила кимнинг дили равшан эрур, У замон ичра саломат тан эрур.

Ba'zilar o'zlarining kam gapirmasliklari tufayli ilmdan mahrum qoladilar

Кимда бўлса донишу, ақлу, тамиз, Илм ила ҳилм аҳлини тутган азиз. Сен хатолардан ўзингни тут узоқ, Эй ўғил! Оқил эсанг солгил қулоқ!

Yoki ilmli bo‘l, yoki ilmga tayanib ish tutadigan bo‘l, loaqal ilmni tinglab eshitadigan bo‘l, biroq to‘rtinchisi bo‘lma, chunki kasodga uchrab halok bo‘lasan (juvonmarg bo‘lasan).

Har bir ilm va san’atning borib taqaladigan boshlanish joyi bor. Shu boshlanish joyga yaqinlashgan sari, to o’ziga borib yetguncha soddalashib boradi

“Mana Buyuklar” kanali