Go‘zal gulni, osuda kechani, durust do‘stni hamma xohlaydi. Muhimi, gulni tikani bilan, kechani asrori bilan, do‘stni dardi bilan qabul qila olmoqlikdir.

Oyning kechaga sabr qilishi uni oydinlatur. Gulning tikonga sabr qilishi gulga yoqimli hid berur.

Dunyo hayoti uch kun: kecha, bugun, erta. Kecha o'tdi, ertaning bo'lishi noma'lum. Shunday ekan, bugungi kunni qadrlash lozim.

Har holni xayr, har kechani qadr, har kelganni Hizr bil.

Kecha – o‘tmish, erta – mavhum, hozir atalmish bugun esa – Xudoning mukofotidir.

Agar jamiki kechalar laylatul Qadr bo’lsa edi, laylatul Qadr qadrsiz bo’lur edi.

Tunu kunni o‘tkazaman-u, lekin bugungi kunim kechagi kunimdan yaxshiroq bo‘lmayotir, chunki zamona kundan-kunga halokatga tomon bormoqda, shunday ekan, kechagi kun bugungidan avloroq, bugungi kun esa ertagidan yaxshiroqdir.

Kechaning bir qismida ilm muzokarasi bilan mashg‘ul bo‘lish menga kechani butunlay bedor o‘tkazishdan mahbubroqdir.

Seni kechayu kunduz ziyorat qiluvchilarning ko‘pchiligi seni haddan ortiq ko‘klarga ko‘tarib maqtab, oxir-oqibat adovatga duchor qiluvchilardir.

“Mana Buyuklar” kanali