Bilimsiz kishilarning ko’ngli xurofotga moyil bo’ladi.

Har g‘aniyki, tirikligida ehsonidin ko‘ngullarni shod qilmag‘ay, o‘lganidin so‘ng ani kimsa duo bilan yod qilmag‘ay.

Dedilarki, ko‘zdan yiroq ko‘ngildan yiroq. Dedimki, ko‘ngildagi ko‘zdan yiroq bo‘lsa ne naf?

Davlat uchun ko'ngulni zor etma, izzat uchun o'zungni xor etma

Har til — ko‘ngilning pardasidir. Parda qimirladimi, sirlar ochiladi.

Дард аҳлининг нафаси бир ўтдурким, қаттиқ кўнгулни юмшатур ва қуруқ кўзни йиғлатур.

Ko'ngilning ikki ofati bor. Birisi-o'tgan ishga qayg'urish, ikkinchisi-kelgusi ishni o'ylab g'am-alam chekishdir. Birinchisidan odam ko'p uyquchan bo'lsa, ikkinchisidan uyqusizlikka mubtalo bo'ladi.

Ko‘nglingni poklamabsan-ku, tinmay tahorat olganing nimasi

Ko'z yoshlar, ko'ngil otashini sundirmoq uchun oqar.

Har kimdan kengash oldim, har kimdan fikr o‘rgandim, qaysi biri foydaliroq bo‘lsa, uni ko‘ngil xazinasida saqlab, ishlata bildim.

Дунё дорул-ҳаводисдур ва анга кўнгул боғламоққа ғафлат боисдур.

Ko‘ngil bog‘, ko‘zlar bulutdir. Bulut yig‘lasa bog‘lar yashnagay.

Odamlarning eng xotiri kuchlisi ularning ichidagi eng unutuvchisidir, ko‘ngillarning eng yumshog‘i salobatligiyu shafqatlisidir.

Ko'ngil uyini iymon nuri bilan to'ldirgan inson eng baxtiyor insondir.

Qiziquvchini (ko‘ngil bergan) mashg‘ul, zohidni esa bekoru forig‘ xohlovchini izlayotgan, da’vogarni yolg‘onchi ko‘rdim.

“Mana Buyuklar” kanali